Ravshan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Ravshan"dan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

ʻʻRAVSHAN’’ — ʻʻGoʻroʻgʻli’’ turkumi dostonlaridan. Hodi Zarifov Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan yozib olgan (1928). Doston bir necha bor nashr etilgan. Doston Goʻroʻgʻlining nevarasi Ravshanning xosiyatli uzukda Shirvon malikasi Zulxumorning suratini koʻrib, oshiq boʻlishi va uni izlab safarga otlanishi voqeasidan boshlanadi. Asarda qahramonning maʼshuqaga erishish yoʻlidagi sarguzashtlari orqali erkin muhabbat vafo va sadoqat ulugʻlangan vatanga mehr, elyurt dushmanlariga shafqatsizlik gʻoyalari ilgari surilgan. Dramaturg Komil Yashin shu doston syujeti asosida ʻʻRavshan va Zulxumor’’ pyesasini yozgan (1957). Dostonning 1972-yilgi matnini nemis professor Karl Rayxl nemischaga tarjima qilgan. Tarjima asar Bonn universiteti "Osiyo tadqiqotchilari" toʻplamida kitob shaklida toʻliq nashrdan chiqqan (1985).

Nashri: Ravshan, T., 1970, 1972.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil