Kontent qismiga oʻtish

„Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali
Mamlakat Rossiya Rossiya Federatsiyasi
Turi Medal
Kimga topshiriladi Rossiya Federatsiyasi harbiy xizmatichilari va fuqarolari
Kim tomonidan topshiriladi Rossiya Federatsiyasi prezidenti
Taqdirlash asosi Rossiya Federatsiyasining davlat chegaralarini qoʻriqlashda koʻrsantgan xizmatlari uchun
Holati Faol
Statistika
Taʼsis sanasi 1994-yil 2-mart
Birinchi taqdirlash 1994-yil 11-aprel
Navbat
Medalning orqa tomoni

„Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali (ruscha: Медаль „За отличие в охране государственной границы“) Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti. Medal Rossiya Federatsiyasi prezidentining 1994-yil 2-mart 442-sonli „Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari toʻgʻrisda“gi farmoni asosida taʼsis etilgan[1]. „Davlat chegaralarini qoʻriqlashda uchun“ medali bilan Rossiya Federatsiyasi davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatgan Federal xavfsizlik xizamati xodimlari va fuqarolar taqdirlanadi. 2014-yil holatiga koʻra, bu medal bilan taqdirlanganlar soni 5 mingdan ziyod kishini tashkil qiladi.

Medal 1950-yilda taʼsis etilgan „SSSR davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medalining toʻgʻridan-toʻgʻri vorisi hisoblanadi. Belarus va Qozogʻistonning mukotlash tizimida ham „Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali bilan taqdirlash mavjud.

„Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali

SSSR Oliy Soveti Prezdiumi 1950-yil 13-iyuldagi farmoni bilan „SSSR davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medalini taʼsis etildi. Medal bilan mamlakatning chegarasini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatgan SSSR chegara qoʻshinlari harbiylari, shunigdek, boshqa harbiy xizmatchilar va fuqarolar taqdirlangan. Medalning chizmasi rassom P. M. Vremenko tomonidan yaratilgan[2]. Tadqiqotchi, yuridik fanlar nomzodi M. A. Rogovning fikriga koʻra, medalning taʼsis etilishiga ichki ishlar organlari bevosita aloqadir boʻlib, aynan 1953- yildan 1957-yilgacha chegara qoʻshinlari SSSR Ichki ishlar vazirligi tarkibida boʻlgan[3][4].

1991-yil 25-dekabrda RSFSR Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonunga binoan RSFSR nomi Rossiya Federatsiyasi deb oʻzgartirildi. 1991-yil 26-dekabrda SSSR rasman davlat sifatida oʻz faoliyatini toʻxtatdi, Rossiya undan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqadi. 1992-yil 21-aprelda Rossiya Xalq deputatlari syezdi mamlakat nomining oʻzgarishini tasdiqlab, RSFSR Konstitutsiyasi moddalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritdi va oʻzgarish 1992-yil 16-mayda eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kirdi. Rossiya Federatsiyasi Oliy Kengashi Prezidiumining 1992-yil 2-martdagi 2424-1-sonli farmoni bilan davlat mukofotlari toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingunga qadar SSSRda mavjud boʻlgan baʼzi medallar Rossiyaning mukofotlash tizimida saqlanib qoldi. Shu jumladan, „SSSR davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali. Medalning orqa tomonidagi „SSSR“ yozuvi olib tashlandi[5][6].

Rossiya Federatsiyasi prezidentining 1994-yil 2-martdagi 442-sonli „Rossiya Federatsiyasining Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“gi farmoni bilan boshqa mukofotlar bilan bir qatorda „Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali taʼsis etildi[1][7]. Medal „SSSR davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medalining toʻgʻridan-toʻgʻri vorisi etib belgilandi[8]. Mukofotning koʻrinishi va uning nizomiga baʼzi oʻzgartirishlar kiritildi[8].

„Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali to‘g‘risidagi nizomga bir necha bor oʻzgartirishlar, xususan, Rossiya Federatsiyasi prezidentining 1999-yil 6-yanvar, 2003-yil 19-noyabr va 2010-yil 7-sentabrdagi farmonlari bilan kiritilgan[9][10].

Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2010-yil 7-sentabrdagi 1099-sonli „Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, medal bilan Federal xavfsizlik xizmati xodimlari, davlat chegarasini qoʻriqlash bilan shugʻullanadigan boshqa federak davlar organlari xodimlari hamda Rossiya Federaysiyasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini himoya qilishdagi harbiy jasorati va alohida xizmatlari; Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini daxlsizligini taʼminlash paytidagi harbiy harakatlarda koʻrsatgan jasorat va fidoyiligi; Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasining daxlsizligini taʼminlashda chegara otryadining jangovar harakatlariga mohir rahbarlik qilgani; yuqori hushyorlik va tashabbuskor harakatlar natijasida Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini buzib kirganlarni qoʻlga olgani; Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini himoya qilishda benuqson xizmat qilgani; Federal xavfsizlik xizmati organlariga Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini himoya qilishda faol yordami uchun taqdirlanadilar[11][12].

„Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali shaxs vafotidan keyin ham berilishi mumkin[13].

„Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi va agar Rossiya Federatsiyasining boshqa medallari boʻlsa, „Jamoat tartibini saqlashdagi aʼlo xizmatlari uchun“ medalidan soʻng taqiladi. 2011-yildan boshlab muhim vaziyatlar va kundalik holatlarda mukofotning kichik nusxasini taqish koʻzda tutilgan boʻlib, medal „Jamoat tartibini saqlashdagi aʼlo xizmatlari uchun“ medalining kichik nusxasidan keyin taqilgan[12].

Rasmiy libosga medal tasmasi bilan taqilganda, medal „Jamoat tartibini saqlashdagi aʼlo xizmatlari uchun“ medali tasmasidan keyin taqiladi[12].

„Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali kumushdan yasalgan. Medal diametri 32 mm boʻlib, uning ikkala tomoni qavariq holda doira shakliga ega[9][14].

Medalning old tomonida chegara posti fonida oʻzaro kesishgan miltiq va qilich tasvirlangan. Aylana atrofida eman va dafna novdalaridan gulchambar joylashtirilgan. Medalning orqa tomonida boʻrtma harflar „Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ yozuvi tushirilgan. Yozuv ostida medal raqami joylashgan[9][14].

Medal tutqich va halqa yordamida qizil chiziqlarga ega yashil rangli shoyi muhayyar tasma bilan qoplangan beshburchakli kolodkaga ulangan. Tasmaning kengligi 24 mm, chiziqlar kengligi 3 mm tashkil qiladi[9][14].

Rasmiy libosda medalni taqishda balandligi 8 mm, kengligi 24 mm boʻlgan tasma plankadan foydalaniladi. Medalning diametri 16 mm boʻlgan kichik nusxa shakli esa kolodkaga taqiladi[8].

Birinchi marotaba medal 1994-yil 11-aprelda topshirilgan. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Boris Yeltsinning farmoni bilan „Davlat chegaralarini qoʻriqlashda mohir tashkilotchiligi va xizmatni sidqidildan bajargani uchun“ mdeal bilan chegara qoʻshinlarining 158 nafar harbiy xizmatchisi taqdirlangan. Mukofotlanganlar orasida 1998-yilda Federal chegara xizmatini boshqargan (keyinchalik Xavfsizlik kengashi kotibi, Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimlarida ishlagan) general-leytenant Nikolay Bordyuja ham boʻlgan[8].

„Kommersant Vlast“ nashrida taʼkidlanganidek, medal asosan Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatining Chegara xizmati harbiy xizmatchilariga beriladi, ammo taqdirlanganlar orasida fuqarolar ham bor: xususan, Stavropol oʻlkasi gubernatori Aleksandr Chernogorov (1996—2008) va Aga Buryatlari muxtor okrugi maʼmuriyati rahbari Bair Jamsuyev (1997—2008) 1998 va 2005-yillarda tegishli ravishda „davlat chegarasini qoʻriqlashda chegara qoʻshinlariga faol koʻmak koʻrsatgani uchun“ mukofotlanishgan. Shunisi ahamiyatga molikki, Stavropol oʻlkasi, xuddi shuningdek, 2008-yilda faoliyatini toʻxtatgan Aga Buryatlari muxtor okrugi xorijiy davlatlar bilan chegaradosh boʻlmagan[8].

MDH davlatlarida oʻxshash shakllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali tasviri tushirilgan belarus pochta markasi

Belarusning mukofotlash tizimida mavjud boʻlgan „Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali (belaruscha: Медаль «За адзнаку ў ахове дзяржаўнай граніцы») Rossiyaning medaliga tashqi koʻrinishi oʻxshash boʻlib, 1995-yil 13-aprelda 3726-XII-sonli „Belarus Respublikasining Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“gi qonuni bilan taʼsis etilgan[15].

Nizomga ko‘ra, chegara qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari, shuningdek, boshqa harbiy xizmatchilar va fuqarolar davlat chegarasini buzganlarni ushlashda ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi uchun; davlat chegarasini qo‘riqlashda ko‘rsatgan jasorati va alohida xizmatlari; davlat chegarasi daxlsizligini himoya qilishda chegara otryadining jangovar harakatlariga mohirona rahbarlik qilgani; yuqori hushyorlik va faol harakatlar natijasida davlat chegarasini buzgan shaxslar ushlanganligi; chegara qo‘shinlariga davlat chegarasini qo‘riqlashda faol yordam bergani uchun mukofotlanishadi[16].

Qozogʻistonda „Davlat chegaralarini qoʻriqlashda oʻrnak koʻrsatganligi uchun“ medali (qozoqcha: Шекараны үздік күзеткені үшін медалі) Qozogʻiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qoʻmitasining idoraviy mukofoti hisoblanadi. Medal Qozogʻiston Respublikasi prezidentining 2002-yil 27-maydagi 882-sonli „Qozogʻiston Respublikasi Milliy xavfsizlik organlarining ramzlari va idoraviy mukofotlarining ayrim masalalari toʻgʻrisida“gi farmoni asosida tashkil etilgan. Nizomga asosan medal bilan Qozogʻiston Respublikasi milliy xavfsizlik organlarining harbiy xizmatchilari, shuningdek fuqarolar, shu jumladan chet el fuqarolari respublikaning davlat chegarasini qoʻriqlashdagi xizmatlari uchun taqdirlanadilar[17].

  1. 1,0 1,1 „Указ Президента Российской Федерации от 02.03.1994 г. № 442 «О государственных наградах Российской Федерации»“. kremlin.ru. Сайт Президента России. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  2. Izotova, Saryova 2008, s. 291
  3. Rogov 2004, s. 61
  4. MVD Rossii: Ensiklopdeiya 2002, s. 323
  5. „Указ Президиума Верховного Совета Российской Федерации от 02.03.1992 № 2424-I «О государственных наградах Российской Федерации»“. pravo.gov.ru. Официальный интернет-портал правовой информации. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  6. Goncharov A. I. „Nagradnaya sistema Rossiyskoy Federasii: stanovlenie i razvitie v 1992-2006 gg.“ (rus tilida). Noviy istoricheskiy vestnik (2007).
  7. Izotova, Saryova 2008, s. 352
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 Zaysev V. „Vse nagradii Rossii“ (2014).
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 Izotova, Saryova 2008, s. 353
  10. „Указ Президента Российской Федерации от 7 сентября 2010 г. N 1099 "О мерах по совершенствованию государственной наградной системы Российской Федерации"“ (15.09.2010).
  11. „Указ Президента Российской Федерации от 19.11.2021 г. № 665 «О некоторых мерах по совершенствованию государственной наградной системы Российской Федерации»“. Kremlin.ru (2021-yil 19-noyabr). 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 12,2 „Указ Президента РФ от 07.09.2010 N 1099 "О мерах по совершенствованию государственной наградной системы Российской Федерации" (вместе с "Положением о государственных наградах Российской Федерации", "Статутами орденов Российской Федерации, положениями о знаках отличия Российской Федерации, медалях Российской Федерации, почетных званиях Российской Федерации, описаниями названных государственных наград Российской Федерации и нагрудных знаков к почетным званиям Российской Федерации")“. consultant.ru. КонсультантПлюс. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  13. „Указ Президента Российской Федерации от 15 сентября 2018 года № 519 «Об учреждении медали „За отвагу на пожаре“ и установлении почетного звания „Заслуженный работник пожарной охраны Российской Федерации“»“. pravo.gov.ru. Официальный интернет-портал правовой информации. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  14. 14,0 14,1 14,2 „Указ Президента РФ от 07.09.2010 N 1099 "О мерах по совершенствованию государственной наградной системы Российской Федерации" (вместе с "Положением о государственных наградах Российской Федерации", "Статутами орденов Российской Федерации, положениями о знаках отличия Российской Федерации, медалях Российской Федерации, почетных званиях Российской Федерации, описаниями названных государственных наград Российской Федерации и нагрудных знаков к почетным званиям Российской Федерации")“. consultant.ru. КонсультантПлюс. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  15. „Закон Республики Беларусь от 13 апреля 1995 года № 3726-XII «О государственных наградах Республики Беларусь»“ (rus tilida) (deadlink). old.bankzakonov.com. Банк Законов. Законодательство Республики Беларусь. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  16. „Медали Республики Беларусь“. president.gov.by. Официальный Интернет-портал Президента Республики Беларусь. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  17. „Указа Президента Республики Казахстан от 27 мая 2002 года № 882 «О некоторых вопросах символов и ведомственных наград органов национальной безопасности Республики Казахстан»“. Tengrinews.kz. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  • Gusev I. Ye. Ordena, medali i nagradnie znaki ot Petra I do sovremennosti (rus tilida). Moskva: AST, 2014 — 159-bet. ISBN 978-5-7793-2432-8. 
  • Izotova M. A., Saryova T. B. Vse nagradi Rossii i SSSR. Ordena, medali i nagrudniye znaki. Polnaya ensiklopediya ordenov i medaley Rossii (rus tilida). Rostov na Donu: Vadis: Moskva. RIPOL klassik, 2008 — 432-bet. ISBN 978-5-9567-0344-1 (Vse nagradi Rossii i SSSR). 
  • MVD Rossii. Ensiklopediya (rus tilida). Moskva: Izdatelskiy dom «OLMA-PRESS», 2002 — 623-bet. ISBN 5-224-03722-0. 
  • Rogov M. A. Istoriya nagrad i znakov MVD Rossii (1802—2002) (rus tilida). Moskva: «Interpress», 2004 — 543-bet. ISBN 1-932525-24-6.