Darakchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Darakchi"dan yoʻnaltirildi)

Darakchi — qad. Sharq davlatlari armiyalarida maxsus topshiriklarni ado etadigan va turli xabarlarni yetkazib turadigan shaxs, razvedkachi. D.lar savdogar, qalandar, tuyakash qiyofasida uzoq oʻlkalarga borib, chet mamlakatlarning harbiy qudrati, urushga tayyorgarligi, chet el aygʻoqchilari, oʻz mamlakatidan qochgan siyosiy aybdorlar haqida darak topib kelib, xukmdorlarga yetkazganlar. Ibn Arabshohning taʼkidlashicha, Amir Temur D.lar xizmatidan juda unumli foydalangan. D.lar chor-atrofda boʻlayotgan hodisalardan Sohibkironni xabardor etganlar. Bozorlardagi narxnavolar, qishloq va shaharlardagi vaziyat haqida muttasil axborot yiqkanlar. Gʻanim tomonga joʻnatilgan D.lar yovga tegishli yoʻl, soʻqmoq, notekis joylarning surati (chizmasi)ni keltirib, mudofaa istehkomlarining qaysi hudulda joylashgani, ularning nomlari, hukmdorlari, lashkarboshilari, ulugʻlari, fozillari, boylari, kambagʻallari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot bilan qaytganlar (yana q. Aygʻoqchi, Ayyor, Bozargon).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil