Zelandiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zelandiya, Shellann — Boltiq dengizidagi eng katta orol, Daniya tarkibida. Mayd. 7 ming km2 dan ziyod. Qirgʻoqlari, asosan, pasttekislik, qoʻltiq koʻp. Yer yuzasi bal. 126 m gacha boʻlgan sertepa tekislik, ohaktosh va gildan tashkil topgan. Koʻl koʻp (jumladan, Daniyadagi eng katta Arresyo koʻli). Q. x. da yemxashak ekinlari, bugʻdoy, qand lavlagi ekiladi, sut chorvachiligi rivojlangan. Orol t. y. paromlari orkali Fyun o. va Shvetsiya bilan bogʻlangan. 3. ning sharqiy qismi va Amager o. da Daniya poytaxti — Kopengagen sh. joylashgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil