Zarema Katusheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zarema Katusheva
Tavalludi 14-fevral 1954-yil (1954-02-14) (70 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRUkraina bayrogʻi Ukraina
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Partiyasi KPSS → Ukraina Kommunistik partiyasi

Zarema Gafarovna Katusheva (ruscha: Зарема Гафаровна Катушева; ukraincha: Зарема Гафарівна Катушева; (1954-yil 14-fevral, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – ukrainalik siyosatchi, huquqshunos, Ukraina Kommunistik partiyasi aʼzosi, birinchi darajali davlat xodimi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zarema Katusheva 1954-yil 14-fevralda Samarqandda tugʻilgan[1][2][3]. Millati qrim tatar. 1976-yilda Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetini tugatgan. Mutaxassisligi matematik. Shuningdek, 1993-yilda Simferopol shahridagi Kadrlarni boshqarish oliy maktabini buxgalteriya mutaxassisligi va 2007-yilda Xarkovdagi Milliy yuridik akademiyasini huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.1976−1984-yillarda matematika oʻqituvchisi, 1984−1885-yillarda „Samarqandgeologiya“ birlashmasining Jizzax viloyati Geolog qishlogʻidagi Jizzax geologiya razvedka ekspeditsiyasi ishchisi, iqtisodchi-moliyachi[3], 1987−1988-yillarda Jizzax viloyati, Marjonbuloq shahar ijroiya qoʻmitasi kotibi, 1988−1990-yillarda „Samarqandgeologiya“ birlashmasining Jizzax viloyati Geolog qishlogʻidagi Jizzax geologiya razvedka ekspeditsiyasida iqtisodchi-moliyachi, ishni ilmiy tashkil etish va ratsionalizatsiya boʻyicha muhandisi[3], 1990−1991-yillarda Samarqanddagi „Sharq“ kooperativining kadrlar boʻlimi boshligʻi, 1991−1996-yillarda Simferopoldagi „Lazzat“ kichik korxonasining bosh hisobchisi, 2000−2002-yillarda Qrim Oliy maʼmuriy sudi kotibiyatining tashkiliy mehnat boʻlimi maslahatchisi[1]. 1990-yildan beri Ukraina davlati fuqarosi. 2002−2006 yillarda Ukraina Oliy Radasi deputati[3][4]. Zarema Katusheva Ukraina Kommunistik partiyasidan saylangan. 2007−2009-yillarda Zarema Katusheva Ukraina mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Davlat xizmatchisining yosh chegarasiga yetganligi sababli ishdan boʻshatilgan. Shunigdek, boshlang‘ich partiya tashkiloti kotibi, shahar va tuman partiya qo‘mitalarida tashkiliy nazorat boʻlimi boshligʻi, Qrim tatarlari masalalari boʻyicha komissiya rahbari, Qizilqum va Jizzax geologiya tadqiqotlarida ishlagan. Ukraina muhandislik akademiyasi (IAU) akademik maslahatchisi. 1978-yildan KPSS, keyinchalik Ukraina Kommunistik partiyasi aʼzosi[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Berberov Gafarov (1911−1982), onasi Neriman Gafarova (1925−2002), qizi Oksana (1975-yilda tugʻilgan) shifokor, oʻgʻli Yevgeniy (1981-yilda tugʻilgan)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Катушева Зарема Гафарівна“ (ukrain tilida). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
  2. „Катушева Зарема Гафарівна“ (ukrain tilida). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 YouTube logotipi Катушева Зарема Гафаровна YouTubeda
  4. „Знайомтеся, фракція Компартії“ (ukrain tilida) (2002-yil 3-aprel). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.