Yuriy Gagarin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Alekseyevich Gagarin
Юрий Алексеевич Гагарин
Gagarin in Sweden.jpg
Fazogir
Tavallud sanasi: 9-mart, 1934-yil(1934-03-09)
Tavallud joyi: SSRI, RSFSR, Klushino
Vafot sanasi: 27-mart, 1968-yil(1968-03-27) (34 yoshda)
Vafot joyi: SSRI, RSFSR, Novosyolovo

Yuriy Alekseyevich Gagarin (rus. Ю́рий Алексе́евич Гага́рин;[1] 1934-yil 9-mart1968-yil 27-mart) sovet uchuvchisi va fazogiri boʻlgan. 1961-yili 12-aprelda Vostok fazoviy kemasida Yer orbitasini aylanib chiqib, koinotdagi ilk inson boʻldi.

Gagarin butun dunyoda tanilgan, koʻplab medal va ordenlar, jumladan, "Sovet Ittifoqi Qahramoni" ordeni bilan taqdirlangan. Gagarin keyinchalik Moskva yaqinida joylashgan Kosmonavt Tayyorlash Markazining boshliq oʻrinbosari boʻldi; ushbu markaz hozirda uning nomi bilan ataladi. Gagarin 1968-yili Mig 15 uchogʻini boshqarayotib, halokatga uchradi va vafot etdi.

Gagarin sharafiga xotira tangalari, pochta markalari zarb etilgan, haykal va monumentlar oʻrnatilgan,[2] uning sharafiga maktab, kinoteatr, topografik joylar nomlangan. Har yili 12-aprelda Kosmonavtika Kuni nishonlanadi. 2011-yili odamzotning ilk parvozini Google ham xotirladi.[3]

Manbalar [tahrir]

Havolalar [tahrir]