Yōrō (Gifu)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yōrō

養老町
Shaharcha
Skyline of Yōrō
Yōrō
Bayroq
Yōrō
Gerb
35°18′30.3″N 136°33′41.0″E / 35.308417°N 136.561389°E / 35.308417; 136.561389 G OKoordinatalari: 35°18′30.3″N 136°33′41.0″E / 35.308417°N 136.561389°E / 35.308417; 136.561389 G O
Mamlakat Yaponiya
Maydon 72.29 km2 (27.91 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2018-yil 1-aprel)
29 309
Zichligi 410 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0584-32-1100
Yōrō xaritada
Yōrō
Yōrō
Markaziy Yoro Yoro togʻlaridan koʻrinadi

Yōrō (yaponcha: 養老町 Yōrō-chō?) Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Yorō tumanida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharda 10.356 ta xonadonda 29.309 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 405 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 72,29 kvadrat kilometrni (27,91 mi²) tashkil etadi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yōrō Gifu prefekturasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, gʻarbda Yōrō togʻlari va sharqda Ibi daryosi hamda Makita daryosi shahar hududidan oqib oʻtadi.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Yōrōda oʻrtacha yillik harorat 15,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1840 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, 4,1 °C atrofida boʻladi[2].

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Yōrō aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqisiga chiqqan va shu vaqtdan buyon kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
197027,766—    
198031,371+13.0%
199033,102+5.5%
200033,256+0.5%
201031,332−5.8%
202026,882−14.2%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yōrō atrofidagi hudud anʼanaviy Mino viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari bilan 1897-yil 1-aprelda Yōrō shahri tashkil etildi. Yōrō Takeda shahri va Hirohata, Kamitado, Ikebe, Kasago, Kobata, Tado, Hiyoshi va Ayhara qishloqlari bilan birlashib, 1954-yilda Yōrō shahrini tashkil qilgan. 2004-yilda Ogaki shahriga qoʻshilish boʻyicha referendum magʻlubiyatga uchradi.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yōrōda shahar hokimiyati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi hamda ikkita davlat oʻrta maktabi shuningdek, Gifu prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi ham faoliyat yuritadi.

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yorō temir yoʻli Yoro liniyasi
    • Yōrō — Mino-Takada — Karasue

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Meishin tezkor yoʻli
  • Tokay-Kanjo tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 258

Qardosh shahar munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy afsonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mahalliy yogʻoch kesuvchi yigit sake oqadigan ariqni topadi. Qovoq idishini ichimlik bilan to‘ldirib, otasiga uni olib boradi. Suyuqlikni ichishi bilanoq otasi yoshara boshlaydi va sochlarini oqarib qora rangga kiradi. Nara imperatori Gensho suyuqlikni sinab koʻrish uchun Yōrōga tashrif buyurdi va bu ichimlik uni yoshartiradi[4].
  • Fukugen-ji ibodatxonasi hududida soch oʻstiruvchi xurmo daraxti bor, chunki qotillik qurboni daraxt tagiga dafn etilgan deb ishonilinadi[6][7].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yôrô shaharining panoramik koʻrinishi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yōrō Town official statistics(yaponcha)
  2. Yōrō climate data
  3. Yōrō population statistics
  4. 4,0 4,1 „The Yoro Waterfall and the Legend of the Dutiful Son“. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  5. „Places to Visit - Yōrō“. 2012-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  6. See Ross, Catrien; Japan (1996), Supernatural and Mysterious Japan: Spirits, Hauntings, and Paranormal Phenomena (1st ed.). Yenbooks. ISBN 4-900737-37-2.
  7. Emily Millar. „Creepy Japan“.


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]