Hessen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deutschland Lage von Hessen.svg

Hessen yoki Gessen Germaniyaning 16 yerlaridan (viloyatga qiyoslasa boʻladi) biri. Bu yerda Wiesbaden, Frankfurt am Main, Darmstadt, Kassel, Offenbach, Wetzlar, Fulda va Gießen (Giessen) kabi taniqli shaharlar bor.

Gessen — Olmoniya yeri. G.ning katta qismi Oʻrta Olmoniya togʻlarida, oz qismi Mayn-Reyn pasttekisligida joylashgan. Mayd. 21,1 mingkm2. Molisi 5,84 mln. kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Bosh shahri —Visbaden.

8—9-a.larda graflik boʻlgan. 13-a. oxiridan Olmoniya knyazligi hududi. 1567 y.da 2 ta: Gessen-Kassel (1866 y.dan Prussiya qoʻshib olgan) va Gessendarmshtadt (1866 y.dan —Buyuk gersoglik, 1918 y. dan —Veymar respublikasi tarkibidagi yer) knyazligiga boʻlingan. 1945 y.da Amerika va Fransiya okkupatsiya zonasida boʻlgan. 1949 y.dan Olmoniya yeri.

Iqlimi moʻʼtadil. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0-2°, iyulniki 18—20°. Keng bargli oʻrmonlar (hududining 40%) oʻsadi. Qoʻngʻir koʻmir qazib chiqariladi. G. Olmoniyada chiqariladigan kaliy tuzlarining 1/3 qismini beradi. Qora metallurgiya va metall buyumlar quyish sanoati rivojlangan. Yirik kimyo sanoati korxonalari (Frankfurtmayn, Xyoxst, Visbaden sh.larida) bor. Umumiy mashinasozlik, ayniksa, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Koʻnchilik va rezina, anik, mexanika va optika buyumlari, oyna sanoati va zargarlik korxonalari bor.

G. hududida t.y. va avtomobil yoʻllari zich joylashgan. Reyn va Mayn daryolarida kema qatnaydi. Asosiy transport tuguni — Frankfurtmayn. Turizm G. iqtisodiyotida salmokli oʻrin olgan.[1]


OPEL, MERCK, WELLA, LEICA va shunga oxshash koʻp yirik firmalarning markazi.


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil