Xolmon isirg‘aguli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xolmon isirg‘aguli
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gulli
Sinf: Bir pallali
Oila: Loladoshlar
Urugʻ: Fritillária
Turlari: Xolmon isirg‘aguli
Xalqaro ilmiy nomi
Fritillaria eduardii (Regel, 1884)

Xolmon isirg‘aguli ( lotincha: Fritillāria eduárdii) — O‘rta Osiyoda o‘suvchi, loladoshlar oilasiga mansub, Fritillāria kiruvchi bir pallali gulli o‘simliklar turi[1][2] .

Fritillaria imperialis keng tarqalgan turi bilan chambarchas bog‘liq[3][4] .

Qirg'izistonda uni aygul (oyning guli) deb atashadi.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gulbarg o‘lchami 120 sm Barglari halqasimon 12-24 sm, Barglari yaltiroq, yashil, pastki barglari keng cho‘ziq, ba’zan poyada halqa hosil qilib joylashadi. Ushbu o‘simlik poyasida 35-50 tagacha barg bo‘ladi. Gullari qo‘ng‘iroqsimon, pastga qarab osilib turadi, qizg‘ish, qirmizi-qo‘ng‘ir rangli, 5—20 tadan bo‘lib, soyabonsimon to‘pgul hosil qiladi. Mevasi yuqoriga qarab tik turuvchi, qisqa bandli, eni 6 sm, ensiz qanotchali qutichaga o‘xshaydi. Aprelda gullab, mevasi may oyida yetiladi. Erta bahordan yozning o‘rtalarigacha, urug‘lar yoki ildizlar bilan ko‘payadi. Gullari ekishdan 5-6 yil o‘tgach paydo bo‘ladi. Markaziy Osiyoda o‘sadi[5] .

Qirg'izistonning Botken viloyati bayrog'idagi Xolmon isirg‘aguli

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Регель Е. А. Тр. Санкт-Петербургского имп. ботан. сада. — 1884. — Т. 8. — С. 653.
  2. „The International Plant Names Index“. 2016-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyun.
  3. RHS A-Z encyclopedia of garden plants. United Kingdom: Dorling Kindersley, 2008 — 1136 bet. ISBN 1405332964. 
  4. „Linnaeus, Carl. 1753. Species Plantarum 1: 303“. 2016-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyun.
  5. „Petilium eduardii (Regel) Vved“. 2022-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-yanvar.