Xiva qudugʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xiva qudugʻi
Joylashuvi Xiva, Xorazm viloyati
Koordinatalar 41°22′52″N 60°21′34″E / 41.38106119923065°N 60.35951164870615°E / 41.38106119923065; 60.35951164870615 G OKoordinatalari: 41°22′52″N 60°21′34″E / 41.38106119923065°N 60.35951164870615°E / 41.38106119923065; 60.35951164870615 G O
Turi quduq
Ilk eslanishi miloddan avvalgi V asr
Qarovchi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi
Map
Xiva qudugʻi xaritada

Xiva qudugʻi – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: Mil.avv. III—I asrlar. Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan. Obyekt manzili: „Ichan-qal’a“ MFY, Boʻyoqchilar koʻchasi, 107-uy. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. „Ichan-qal’a“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv xuquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi orasidagi afsonalardan biri Xiva qudugʻini Nuh alayhissalomning oʻgʻli Som qazgan. Qazish paytida Som va uning odamlari oʻzlarining changʻogʻini qondirishib, „Hey voh!, Hey voh!“ („Oh, qanday ajoyib“) deyishgan va quduq nomi shundan kelib chiqqan[3][4]. Boshqalarda esa quduq joylashgan hudud Buyuk Ipak yoʻlida boʻlgan boʻlib, uzoq yoʻldan kelgan sayohatchilar buloqdagi suvdan ichib, „Hey voh!“ („Oh, qanday ajoyib“) deyishgan[5][6]. Bu soʻz soʻngra Xeyvak – Xivaq – Xiva nomiga oʻzgarib borgan. Bu soʻz „saroy“ maʼnosini bildiradi[7]. Asta-sekinlik bilan quduq atrofida odamlar yashay boshlagan. Keyinchalik bu odamlar qarorgohi oʻrnida Xiva shahri vujudga kelgan[8]. Xiva shahridagi quduq haqidagi maʼlumot birinchi marta miloddan avvalgi V asrda qayd etilgan[5][9].

Tarixchilarning tadqiqotlariga koʻra, Xiva qudugʻini qurish uchun maxsus loy Xiva shahri yaqinidagi 2 kilometr uzoqlikda joylashgan Govukkoʻl degan hududdan qazib olingan. Hozirgi vaqtda bu joyda katta koʻl mavjud boʻlib, undan hali ham yuqori sifatli loy qazib olinadi[10].

Quduq Ichan qalʼa devorining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan, yaʼni shaharning shimoli-gʻarbiy burchagida bir xususiy uy ichida saqlanib qolingan[11]. XX asrning 70-yillarida quduq Saʼdulla ismli kishining uyida boʻlgan. Oʻsha paytda quduqning chuqurligi oʻn metrcha boʻlib, qududqning eng pastki qismi saksovul daraxtidan terilgani va uning ustidan esa pishgan gʻishtlar terilgani aniqlangan. Bu esa quduq qadimgi boʻlganligi hamda keyinchalik taʼmirlashganligidan dalolat beradi. Mana shu taʼmirlash paytida ustki qismi pishgan gʻishtlar bilan terilgan, pastki qismida suv chiqib turgani tufayli taʼmirlashning imkoni boʻlmagan[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]