Voroshilov tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Voroshilov tumani
tuman
Tegishli Andijon okrugi
Fargʻona viloyati
Andijon viloyati
Tarkibida 13 ta qishloq soveti, 1 ta ishchilar aholi punkti
Maʼmuriy markazi Xonobod
Asos solingan sanasi 1926-yil
Bekor qilingan sanasi 1962-yil 24-dekabr
Aholi 43 601 kishi (1959)
Maydoni 280 km²
Xaritada

Voroshilov tumani, yana Qoʻrgʻontepa tumani — Oʻzbekiston SSR Andijon okrugi, Fargʻona va Andijon viloyatlari tarkibidagi 1926—1962-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman dastlab Qoʻrgʻontepa tumani nomi bilan 1926-yilda Oʻzbekiston SSR Andijon okrugi tarkibida tashkil etilgan. Markazi Qorasuv qishlogʻi.

1930-yilda okruglar tugatilishi munosabati bilan tuman bevosita respublika boʻysunuviga oʻtdi.

1933-yilda Qoʻrgʻontepa tumani Voroshilov tumani, uning markazi Qorasuv qishlogʻi esa Voroshilovsk nomiga oʻzgartirildi[1].

1938-yil 15-yanvarda tuman Farg‘ona viloyati tarkibiga kiritildi, 1941-yil 6-martda esa yangi tashkil etilgan Andijon viloyatiga o‘tkazildi.

1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibiga 1 ta ishchilar aholi punkti (Xonobod) va 13 ta qishloq soveti (Abduldabiy, Voroshilov, Gʻayratobod, Dehqonchek, Qorabogʻish, Qoʻshtepa, Qoʻrgʻontepa, Maʼmurobod, Sultonobod, Fozilman, Xonobod, Xoʻjamshukur va Chimyon)[2] kirgan.

1953-yil 27-martda Voroshilov tumani tarkibidan alohida Qoʻrgʻontepa tumani tashkil etildi.

1961-yil 28-noyabrda Voroshilov tumani Ilich tumani nomiga oʻzgartirildi.

1962-yil 24-dekabrda tuman tugatildi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, Voroshilov tumanida 45 512 kishi yashagan, jumladan oʻzbeklar 56,8%, qirgʻizlar 23,3%, uygʻurlar 9,6%, ruslar 4,2%, koreyslar 1,9%, tatarlar 1,7% tashkil etgan[3]. 1959-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, tumanda 43 601 kishi yashagan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]