Vitaliy Xojatelev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitaliy Xojatelev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 12-avgust 1967-yil (1967-08-12) (56 yosh)
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi

Vitaliy Xojatelev ((1967-yil 12-avgust ) — o‘zbekistonlik yengil atletikachisi, bolg‘acha uloqtirish bo‘yicha o‘z yo‘nalishining ustasi. 1996—2000 yillardagi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. 1995-yilgi Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vitaliy Xojatelev 1967-yil 12-avgustda dunyoga keladi[1].

U o‘zbekistonlik taniqli murabbiy Andrey Larin qo‘l ostida bolg‘a uloqtirish bo‘yicha shug‘ullanadi. Hali maktabga qadam qo‘ymasidan turib 70 metrlik masofani oshib o‘tadi — 6 kilogrammlik bolg‘ani 72,85 metrga uzatadi [2] .

1988-yilda 69,80 metrga bolg‘acha uloqtirib, O‘zbekiston SSRning 25 yil davomida Egon Andrisga tegishli bo‘lgan rekordini yangiladi. Bir necha bor O‘zbekiston chempionatida, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarining yengil atletika musobaqalarida g‘alaba qozongan[2] .

1995-yilda Jakartada yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori bo‘ladi. Xojatelev 68,22 metr natija ko‘rsatib, xitoylik Bi Chjun (70,30) va yaponiyalik Kozi Murofusilarga (69,24) imkoniyatni qo‘ldan boy beradi[3] .

Aynan shu yili Gyoteborgdagi jahon chempionatida ishtirok etib, 66,46 metr natija ko‘rsatib, saralash bosqichidan o‘ta olmadi: finalga chiqqanlarning eng kam natijani olgan ukrainalik Aleksandr Krikundan 8 metrga kam edi.

1996-yili Atlantadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Saralashdagi yagona muvaffaqiyatli uchta urinishida u 64,52 metrga bolg‘acha uloqtirib, eng kam natijani ko‘rsatib, 36-o‘rinni egalladi.

2000-yili Sidneyda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan joy oladi. Vitaliy saralash bahslarida 65,04 metr natija ko‘rsatib, faqat jamoadoshi Viktor Ustinovni (60,60) ortda qoldirib, bor-yo‘g‘i 42-o‘rinni oladi.

1998-yilda Bangkokdagi yozgi Osiyo o‘yinlarida (67,86 bilan) 4-o‘ringa chiqadi. Bronza medali sohibi qirg‘izistonlik Nikolay Davidov natijasi 24 santimetrga Vitaliydan o‘zib ketadi.

1999-yilda ayoli farzand bilan siylaydi.

Ayni kunda O‘zbekiston sport ustasi sanaladi [2] .

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [История метания молота в Узбекистане. Федерация лёгкой атлетики Узбекистана]
  2. 2,0 2,1 2,2 „История метания молота в Узбекистане“. Федерация лёгкой атлетики Узбекистана.
  3. „Vitaliy KHOZHATELYEV | Profile“. www.worldathletics.org. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.