Vinklov gulsafsari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vinkler gulsafsari

Markada tasvirlangan vinkler gulsafsari
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Bir urugʻpallalilar
Turkum: Iris
Oila: Gulsafsardoshlar
Binar nomi
Iris winkleri

Vinklov astragali (lotincha: Iris winkleri) – bir urugʻpallalilar sinfi, iris turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol, Qurama togʻ tizmalari va Ohangaron daryosi vodiysida tarqalgan[1].

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk bor 1884-yilda Eduard Regel tomonidan rasman tasvirlangan. Bu tur Estoniyaning Tartu universitetida dars beruvchi botanik olim Konstantin Jorj Aleksandr Vinkler sharafiga nomlangan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻyi 20 sm gacha yetadigan koʻp yillik piyozchali oʻt oʻsimlik. Popuk ildiz tizimiga ega. Piyozining tashqi qobigʻi qora qogʻozsimon. Poyasi qisqa yashil, tuksiz silliq. Ildizoldi barglari oddiy, butun, bandsiz, soni 4 ta, chiziqli eni 1-2 mm, oʻroqsimon egilgan, silliq tuksiz. Gullari ikki jinsli, poya uchida yakka yakka oʻrnashadi. Gultojibarglari qoʻshilmagan erkin, binafsharang tusda. Gulqoʻrgʻoni aʼzolari, qoʻshilmagan, erkin uzunligi 4 sm gacha yetadi. Hasharotlar yordamida changlanadi. Aprel may oylarida gullab mevasi iyulda yetilib pishadi. Mevasi quruq, boʻlakli koʻsak meva. Urugʻi va piyozchalari orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Chatqol va Qurama togʻ tizmalarida dengiz sathidan 3000-4000 m balandlikda uchraydi. Togʻlarning yuqori qismidagi maysazorlarda oʻsadi. Muayyan tuproq va iqlim sharoitiga moslashganligi sababli kam uchraydi. Chatqol biosfera qoʻriqxonasi va Ugom Chatqol davlat milliy tabiat bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. British Iris Society A Guide to Species Irises: Their Identification and Cultivation , s. 283, Google Booksda
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.