Vikipediya:Qoida va koʻrsatmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qisqa havola  VP:QK 
 VP:QOIDA 

Oʻzbekcha Vikipediyaning maqsadi — oʻzbek tilida aniq va toʻgʻri maʼlumot beruvchi ensiklopediya sifatida xizmat qilishdir. Ushu sahifada foydalanuvchilar Oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini tahrirlayotib amal qilishlari kerak boʻlgan umumiy qoidalar berilgan.

Vikipedia qoidalari haqida[tahrir]

Vikipedia tillar boʻyicha boʻlimlarga ajratilganiga qaramasdan, ba'zi qoidalar barcha til boʻlimlari uchun majburiydir.

  1. Vikipediya — bu birinchi oʻrinda ensiklopediyadir. Uning formatiga toʻgʻri kelmaydigan ma'lumotlar Wikimedia fondining boshqa loyihasiga oʻtkazilishi yoki umuman oʻchirib tashlanishi kerak. Shuningdek Vikipediyanining uni boshqa ensiklopediyalardan ajratib turadigan bir necha oʻziga xos xususiyatlari mavjuddir. Qarang: Vikipediya nima emas
  1. Betaraf fikr bildirish
  2. Mualliflik huquqlariga rioya qilish (GNU litsenziyasi)

Maqolalarni kiritish va bezash bo'yicha texnik qoidalar, jamoaning ichki munosabatlar va shunga o'xshash qoidalar har bir bo'lim jamoasi tomonidan oʻzaro hal qilinadi.

Ushbu qonun qoidalar - barcha insonlar tomonidan chiqarilgan qoidalar kabi - mukammal emas, vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Qoidalarni o'zgartirish jarayonida barcha ishtirokchilar qatnashishlari mumkin[1]. Bu o'rinda shuni e'tiborga olish lozimki, bir tur qonun-qoidalardan ikkinchi turga tez-tez o'tish (sakrash) yaxshilikka olib kelmaydi: mavjud qoidalar juda ko'p foydalanuvchilar tomonidan o'rganib chiqilgan va ular asosida mavjud maqolalar kiritilgan; shuning uchun ushbu qoidalarni o'zgartirish uchun kuchli va aniq asoslar lozim.

Maqolaning mazmuni[tahrir]

Til va uslub[tahrir]

Maqolalar adabiy oʻzbek tilida, ilmiy uslubda yozilishi lozim. Maqolalar faqat uchinchi shaxs nomidan yozilishi mumkin. Oddiy tildagi va slengdagi soʻzlarni qoʻllab boʻlmaydi. Maqolalarga imzosini qoʻyish va maqolalar ichida oʻz fikrini bildirish mumkin emas: buni munozara sahifalarida yoki matn ichida <!-- berkitib --> qilish mumkin.

Xolis mulohaza bilan va obyektiv tarzda yozing[tahrir]

Ensiklopediyada har qanday hissiyotlar oʻrinsiz. Hamma hodisalarni betaraf nuqtai nazardan ifodalang: agar maqoladagi fikr tortishuvli yoki umum qabul qilinmagan boʻlsa, u holda bu fikrga boʻlgan manbani koʻrsatish zarur. Agar qandaydir predmet yoki hodisaga har xil qarashlar mavjud boʻlsa, ularni hammasini maqolada ifodalash maqsadga muvofiq yoki hech boʻlmasa ularning mavjud ekanligini qayd etish kerak. Ayniqsa, tortishuvli maqolalarni hotirjamlik va diqqat bilan tahrirlang.

Maqola strukturasi[tahrir]

Maqolalarda bayonotni oʻquvchi uchun qulay boʻlgan ketma-ketlikda olib boring.

Maqolalarning koʻpchiligi mustahkam boʻlgan shablonga ega. Shuning uchun, bir maqolani yoza boshlaganingizda, shu mavzuda boʻlgan boshqa maqolalardan shablonni ishlating.

Maqola boshida sarlavhada koʻrsatilgan atama taʼrifini keltiring. Soʻng, atama haqida ostsarlavhasiz qisqa, umumiy tushunchalarni yozing.

Bayonot ketma-ketligi[tahrir]

Maqolalarni quyidagicha yozish kerak:

  • umumiydan xususiyga;
  • soddadan murakkabga;
  • muhimligi, mashhurligi, ishonchliligi, hajmi, joylashuvi boʻyicha tartibda;
  • xronologik tartibdatarixiy maʼlumot sifatida;
  • mavzu tartibida — iyerarxik roʻyxatlar uchun;
  • alifbo tartibida, agar boshqa tartiblashlar mos kelmasa.

Xizmatchi sharh va xabarlar[tahrir]

Maqola tarkibi haqidagi eʼtirozlar yoki sharhlar maqola boshiga qoʻyiladi; bunday sharhlarga mualliflik huquqlari buzilgani, vikilashtirish kerakligi, betaraflashtirilishi shartligi va hk. haqidagi shablonli xabarlar kiradi. Shuningdek, siz oʻzingiz ham maqola boshiga asosiy matndan farqlanuvchi uslubda (masalan, kursivda) biror sharh yozib qoʻyishingiz mumkin.

Maqola chalaligi haqidagi ogohlantirishlar, qardosh loyihalardagi tegishli maqolalarga ishoratlar va litsenziya borasidagi sharhlar maqola oxiriga qoʻyiladi.

Bevosita koʻrinadigan ishoratlar - kategoriya va intervikilar - maqolaning asosiy matnidan keyin qoʻyiladi va boʻsh satrlar bilan ajratiladi, masalan bunday:

[[Kategoriya:Vikipediya:Ma'lumot|Qoidalar va koʻrsatmalar]]



Misol[tahrir]

(faqat gipotetik)

'''Osiyo''' — [[dunyoning qit'asi]], [[Yevrosiyo]] materigining sharqiy qismi.

== Geografiya ==
Osiyo - dunyoning eng katta qit'asi, toʻrt okean bilan yuvilib turadi.
Bir-ikki.

== Aholi ==
Osiyo - aholisi eng koʻp boʻlgan qit'a, unda Yer aholisining 50% yashaydi (va hokazo).

{{geo-stub}}

{{Osiyo}}

==Adabiyot==
* ...

==Havolalar==
* ...

[[Kategoriya:Osiyo|*]]

Aniqroq misolda bu yerda koʻring: Vikipediya:Sahifa-shablon.

Mualliflik huquqlarini hurmat qiling[tahrir]

Mualliflik huquqlarini buzmang. Vikipediya — bu "GNU Ochiq Dokumentatsiya Litsenziyasi" (GNU Free Documentation License)ga muvofiq publikatsiya qilinadigan ochiq ensiklopediya. Mualliflik huquqini buzuvchi materiallarni joylashtirish, bizning asl maqsadimiz boʻlgan hammaga ochiq ensiklopediyani bunyod etishimizga tahdid soladi va yuridik muammolarga olib kelishi mumkin. Batafsilroq Vikipediya:Mualliflik huquqlarida qarang.

Imzolar[tahrir]

Asosiy maqola: Vikipediya:Imzo.
  • Maqolalar ichida oʻz imzosini qoʻyish mumkin emas, siz tahrirlagan maqolani koʻpgina boshqa teng huquqli muallifdoshlar oʻzgartiradi.
  • Munozaralarda (shu jumladan, oʻz sahifangiz munozarasida) imzo qoʻyishingiz shart: bu suhbatni kuzatishni qulaylashtiradi. Esda tutingki, sizning munozarangizni sizdan keyin boshqa odamlar ham oʻqiydi, chunki, munozaralarda maqola haqida muhim maʼlumotlar mavjud boʻladi. Vikipediyaning munozaralar qoidalariga amal qiling.
  • Imzoni qoʻyish uchun toʻrtta tilda belgisini (~~~~) — yozing, bu "imzo + sana + vaqt" boʻladi, yoki uch tildani (~~~) yozing — bu sana va vaqtsiz shunchaki imzo boʻladi. Birinchi variantni ishlatish maqsadga muvofiqroq: chunki, aralashib ketgan xabarlarni toʻgʻri ketma-ketligini oson tiklash mumkin. Agar siz Vikipediyada roʻyhatdan oʻtmagan boʻlsangiz, ismingizni (yoki taxallusingizni) koʻrsatib oʻting.
  • Imzo yozgan gapingizdan keyin qoʻyiladi, aslo oldinmas.
  • Imzo yuqoridagi matn maʼlum kishi tomonidan maʼlum paytda yozilganini koʻrsatadi. Shuning uchun imzo qoʻyilgan matnni tahrirlash mumkin emas (xatto matn muallifiga ham), ayniqsa unga javob berilgan boʻlsa. Agar oʻzgarish kiritish baribir lozim boʻlsa, matnning eski variantini ustiga chizilgan holda qoldiring. Buni HTML asbobi boʻlgan <strike> orqali amalga oshirish mumkin.

Nimani va qay tarzda yozish kerak[tahrir]

Mavjud maqolalarni tahrirlang[tahrir]

Koʻp hollarda yangi maqolani yaratgandan koʻra, mavjud maqolani toʻgʻrilash va toʻldirish foydaliroq, chunki bir nechta oʻxshash maqolalardan koʻra bitta katta maqolani saqlash mantiqan toʻgʻri. Agar siz mavjud maqolada terishda yoʻl qoʻyilgan xato, faktik xato yoki eskirgan maʼlumotlarni koʻrsangiz, dadil tahrirlang. Bu bilan siz hamma boʻlajak oʻquvchilarga yordam berasiz.

Bilgan va qiziqqan narsangiz haqida yozing[tahrir]

Yangi maqolalarni faqatgina bu maqola kimgadir foydali yoki qiziqarli boʻlishiga ishongan hollaringizda yarating. Va Vikipediyaga qoʻshgan hissangizdan qoniqish olishga harakat qiling. Agar siz oʻzingiz uncha yaxshi bilmagan mavzudagi maqola ustida ishlayotgan boʻlsangiz, uni oʻrganish uchun vaqtingizni sarflang: mavzu boʻyicha bir necha kun adabiyot oʻqish kerak boʻlishi mumkin. Bu yoʻl bilan siz koʻpgina yangi narsalarni bilib olasiz va yaxshi maqolani yaratasiz.

Agar siz maqolani zerikkaningizdan boshlagan boʻlsangiz, iltimos uni umuman yozmang. Bu sizning vaqt va kuchingizni olib qoʻyadi, Vikipediyada esa yana bir tugallanmagan maqola paydo boʻladi.

Bir-ikki qatordan iborat qisqa maqolalarni yaratmang, chunki ular baribir mazmunsiz deb topilib, oʻchirib tashlanadilar.

Shunday hollar boʻladiki, muallif maqolani tugata olmaydi. Bunda yaxshisi, oxirigacha yozmaguningizcha oʻzingizda saqlab qoʻyib, tugallanmagan maqolani Vikipediyaga joylashtirmang. Agar siz yozib tugallanmagan maqolani topsangiz unga {{stub}} shablonini qoʻshib qoʻying. Bu maqola hali tugallanmaganligini bildiradi. {{stub}} maqola matnidan keyin, kategoriya va interviki-havolalardan oldin qoʻyiladi.

Agar maqolada taʼriflanayotgan terminning bir necha maʼnosi boʻlsa, u holda har bir maʼno uchun alohida maqolani yarating, albatta agar hohishingiz boʻlsa. Shuningdek, maqolaning ohirida {{disambig}} belgisini qoʻyish maqsadga muvofiq, bu belgi terminning bir necha maʼnosi borligini bildiradi.

Har bir soʻz uchun maqolalarni yaratmang[tahrir]

Vikipediya lugʻat emas. Oʻzbek tilining har bir soʻzi uchun alohida maqolalarni yaratmang. Buning uchun Vikilugʻat mavjud. Agar siz soʻzlar uchun izoh bermoqchi boʻlsangiz, ularni maʼlum mavzu boʻyicha roʻyhatga yigʻishingiz mumkin. Masalan, "Tibbiy terminologiya" yoki "Kompyuter jargoni".

Maqolalarni boshqa tillardan tarjima qiling[tahrir]

Maʼlumotlarni boshqa tildagi oʻxshash maqoladan oling. Koʻpchilik oʻquvchilar uchun bu rus va ingliz tillari boʻladi, ammo Vikipediyada talaygina boshqa tillar ham bor, ulardan qaysidir birini siz tushunishingiz mumkin. Bu chet tilini va Sizni qiziqtirayotgan predmetni mukammalroq oʻrganishning bir vaqtdagi imkoniyati. Istalgan holda materialni boshqa tildagi maqola bilan solishtirish ortiqchalik qilmaydi; Sizning maqolangizni boshqa tildagi versiyasida Siz tomondan noaniqliklar topilishi ehtimoldan holi emas. Shuningdek, maqolalarni tarjima qilish yanada toʻlaroq ensiklopediyani yaratishga yordam beradi.

Havolalardan foydalaning[tahrir]

Mavzusi bo'yicha aloqador bo'lgan boshqa maqolalarda va (из разделов-каталогов) o'z maqolangizga havolalar yarating. Maqolangizning o'zida esa boshqa maqolalarga gipertekstli havolalar yarating, garchi ularning o'zlari hali yaratilmagan bo'lsalar ham.

Ссылайтесь на свою статью со связанных по теме статей и из разделов-каталогов. А в самой статье ставьте гипертекстовые ссылки на другие статьи, даже если они ещё не созданы. Желательно, чтобы до любой статьи можно было за три-четыре шага добраться с Заглавной страницы.

Подумайте, в каких из уже созданных разделов Википедии полезно будет указать Вашу статью. Например, если пишете о каком-нибудь городе — зайдите в раздел «География» и пройдитесь там в подразделах, если о каком-нибудь животном — зайдите в раздел «Биология» и т. п.

Короткая статья с множеством гипертекстовых ссылок может заменить длинную «просто текстовую», растекающуюся в повествовании и поясняющую каждый термин.

На другие статьи Википедии желательно ссылаться из контекста статьи, а на внешние ресурсы — после статьи, под заголовком ==Ссылки==.

Mavzu bo'yoch o'zaro aloqador bo'lgan maqolalar bilan o'z maqolangizni bog'lang. Maqolangizning o'zida esa boshqa aloqador maqolalarga bog'lov keltiring (garchi ular hali mavjud bo'lmasa ham). Bu borada bosh sahifadan istalgan maqolaga uch-to'rt qadam bilan yetib borish imkoniyati maqsadga muofiqdir.

O'z maqolangizni Vikipediyaning avvaldan mavjud bo'lgan qaysi bo'limiga joylashtirishingiz qulayroq va foydaliroq bo'lishini hisobga oling. Masalan, siz birir shaxar haqida maqola yozmoqchi bo'lsangiz, "Geografiya" bo'limiga, qandaydir jonzot haqida bo'lsa "Biologiya" bo'limiga kiring va u yerdagi kichik bo'limlar bo'ylab mos yerga joylashtiring.

ko'plab gipermatnlardan iborat qisqa matnli maqola, har bir iborani tushintiruvchi, cho'ziluvchan uzun oddiy matnli maqoladan afzal bo'lishi mumkin.

Vikipediyaning boshqa maqolalariga matn ichida (kalit so'z orqali) bog'lov berish, tashqi resurslarga esa maqoladan so'ng bog'lanish (ссылка) berish zarur.

Izohlar[tahrir]

  1. Qoidalarga o'zgartirish bo'yicha yo'l-yo'riqlar keyinchalik kiritiladi