Mualliflik huquqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mualliflik huquqi (ingl. copyright) gʻoya (fikr) yoki maʼlumotning maʼlum bir koʻrinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi ekskluziv huquqlar majmuidir. Umumiy qilib aytganda, soʻzma-soʻz "koʻchirish (nusxa olish)ga boʻlgan huquq"dir. Asosan, bu huquqlar cheklangan muddatli bo'ladi. Mualliflik huquqi belgisi "©" boʻlib, baʼzi bir yurisdiksiyalarda qoʻshimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin.

Mualliflik huquqi - keng maʼnoda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va ququqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining bir boʻlimi. Top maʼnoda — asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquklar tizimini tashkil etadi. M.h- boʻyicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinadi.

M.h- boʻyicha 1952 y.gi Jahon (Jeneva) konvensiyasi hamda adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bern konvensiyasi (1886) mavjud. Bern konvensiyasi M.h.ni himoya qilishning qatʼiy tizimini oʻzida ifodalaydi. Oʻzbekistonda M.h.ning asosiy normalari OʻzR Fuqarolik kodeksi (1041 — 1073moddalar) va "Mualliflik va turdosh ququklar toʻgʻrisida"gi OʻzR qonuni (1996 y. 30 avg .)da belgilangan.

M.h. ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qoʻlyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va h.k.)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham M.h. obʼyekti hisoblanadi. Muallif oʻz asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida eʼtirof etilishi huquqi; asarni oʻz ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon qilish huquqi; asar daxlsizligiga boʻlgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi. Asardan muallif yoki uning merosxoʻri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfa-atlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan ilmiy tadqiqotlarda, taʼlim va oʻquv nashrlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki toʻliq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga boʻlgan M.h. u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi. M.h. muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyingi yilning 1 yanv.dan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafotidan keyingi M.h. uning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan 2-shaxsga oʻtadi. M.h.ning amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, yaʼni har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishga hakli. Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquklari muddatsiz amal qiladi.

M.h. buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. M.h. buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat (koʻchirmachilik, madaniy oʻgʻirlik), asardan muallif ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish (madaniy qaroqchilik) kiradi. Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquklarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni toʻlashi lozim. M.h.ni buzishga qaratilgan vositalar (asarning kontrafakt nusxalari) yoʻqqilibtashlanadi. M.h. egasi oʻziga tegishli xuquklarni oʻz xohishiga koʻra shaxsan amalga oshirishga haqlidir. Hukuq egasidan boshqa shaxslar M.h.larini faqat huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin (mas, ishonchnoma orqali). M.h. egalari oʻz zimmasiga M.h.larini boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Muallifning oʻz asariga nisbatan mutlaq huquqlari (mulkiy huquklar) tijorat muomalasida harakatda boʻlishi, haq evaziga boshqa shaxslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazilishi, hadya qilinishi mumkin. OʻzR Jinoyat kodeksida M.h.ni oʻzlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan (yana q. Intellektual mulk huquqi). M.h.ni muhofaza etishni tashkiliyhuquqiy taʼminlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat koʻrsatadi.

Ad.:Tosheʼ B., Mualliflik huquqi, T., 2002; Nasriyev I. Mualliflikhuquqi maz-muni va shaxsiy nomulkiy xuqukdar himoyasi, T., 2003.

Omon Oqyulov.[1]


Mualliflik huquqi "asarlarning" keng turdagi kreativ,intellektual, artistik shakllarida namoyon bo'lishi mumkin. Ushbular qatoriga she'rlar, tezislar, sahna asarlari va boshqa adabiyot asarlari, filmlar. xoreografik asarlar (raqs, balet), musiqiy kompozitsiyalar, audio yozuvlari, rasmlar, chizmalar, skulpturalar, fotorasmlar, EHM dasturlari, radio va tele ko'rsatuvlari, va ba'zi yurisdiksiyalarda sanoat dizayni kiradi. Dizayn yoki sanoat dizayni ba'zi yurisdiksiyalarda ularni tartibga soluvchi alohida qonunchilik yoki umumiy qonunchilikka ega bo'lishi mumkin. Mualliflik huquqi intellektual mulk huquqi tizimiga kiruvchi huquq sohasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi faqat fikr yoki ma'lumotning "material(moddiy)" ifodalangan shaklini qoplaydi. U mualliflik huquqi asarida mujassamlangan yoki unga asos bo'lgan haqiqiy fikr, g'oya, konsepsiya, faktlar, yo'nalish (stil') yoki qoida (tehnika)ni himoylamaydi va himoyalashga qaratilmagan ham. Masalan, Disneyning mashhur Chip va Deyl multfilmidagi obraz, deylik Chip mualliflik huquqi tomonidan himoya qilingan. Lekin, bu himoya aynan o'sha multfilmdagi Chipning qiyofa, mimika,kiyinishiga nisbatan bo'lib, istagan boshqa bir insonning olmahon personaji asosida mul'tqahramon yaratishdan cheklab qo'ymaydi. Ba'zi yurisdiksiyalarda mualliflik huquqi bilan himoya qilinga asarlarning izohli yoki satirik qilib qayta ishlanishiga ruhsat beriladi. Mualliflik huquqlari ba'zi mamlakatlarda Bern Konventsiyasi kabi xalqaro shartnomalar bilan standartlashtirilgan bo'lib, Evropa Ittifoqi hamda Jahon Savdo Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar a'zolaridan talab qilinadi.

Tarixi[tahrir]

Mualliflik huquqi bosma mashina ishlab chiqilib, jamoat orasida ko'proq o'qiy oladigan insonlar ko'paymagunicha paydo bo'lmagan. Huquqiy konseptsiya sifatida mualliflik huquqi tarixi o'n sakkizinchi asrda bosmahonalar of Anne) eng dastlabki haqiqiy mualliflik huquqi qonuni bo'lib, bosmahonalarga ma'lum muddatga huquqlar bergan. Mualliflik huquqi kitob va xaritalar nashr etilishini tartibga soluvchi huquqiy konseptsiyadan hozirgi kunga kelib deyarli har bir zamonaviy sohada o'z ta'sirini o'tkaza oladigan huquq sohasiga aylandi. monopoliya]]siga qarshi Britaniyada bo'lib o'tgan harakatga borib taqaladi. Angliya qiroli Charlz II tartibga solinmagan kitob nusxa qilinishidan havotirga tushib, o'z qirollik kuchidan foydalanib 1662 yilda Litsenziyalash Qonuni (Licensing Act) kuchga kiritadi. Anna Qonuni (The Statute of Anne) eng dastlabki haqiqiy mualliflik huquqi qonuni bo'lib, bosmahonalarga ma'lum muddatga huquqlar bergan. Mualliflik huquqi kitob va xaritalar nashr etilishini tartibga soliflik huquqi [luvchi huquqiy konseptsiyadan hozirgi kunga kelib deyarli har bir zamonaviy sohada o'z ta'sirini o'tkaza oladigan huquq sohasiga aylandi.

Bern Konvensiyasi[tahrir]

1886 yilgi Bern Konvensiyasi dastlab suveren millatlar orasida o'zaro mualliflik huquqlarini tan olish uchun paydo bo'lgan edi. Bern Konvensiyasiga ko'ra, kretiv asarlar tan olinishi yoki e'lon qilinishi shart emas, chunki, ular paydo bo'lishi bilan avtomatik tarzda mualliflik huquqi himoyasi ostiga o'tishadi. Muallif Bern Konvensiyasiga a'zo davlatlar miqyosida o'z mualliflik huquqlari uchun ro'yhatdan o'tishiga hojat yo'q. Uning asari biror bir moddiy manbada muhrlangan (qog'ozga, diskka, toshga, rasmga va h.klarga yozilgan/olingan) ekan, muallif o'z asari va undan yaratiladigan barcha asarlarga (derivative works) avtomatik tarzda huquqlarga ega bo'ladi. Bu huquqlar mualliflik huquqi muddatining tugashi yoki muallifning o'z roziligiga ko'ra o'zgartilishi, tugatilishi mumkin. Bern Konvensiyasining qabul qilinishi yana, chet el mualliflarining mahalliy mualliflar bilan o'zaro teng huquqlarga ega bo'lishini ta'minladi. O'zbekiston Respublikasi Bern Konvensiyasini 2005 yil 19 aprelda imzoladi. Birlashgan Qirollik Konvensiyani 1887 yilda imzolagan bo'lsada, uning kuchga kiritilishi 1988 yilda, deyarli yuz yil o'tgach Mualliflar huquqi, Dizayn va Patent Qonuni (Copyright, Designs and Patents Act of 1988) ning qabul qilinishi bilan birga amalga oshdi. AQSH Konvensiyani 1989 yilda imzoladi. Bern Konvensiyasi qoidalarining Jahon Savdo Tashkilotining TRIPS shartnomasiga inkorporatsiya qilinganligi uni amalda butun dunyo bo'ylab keng tarqalishiga olib keldi.

Mualliflik huquqlarini paydo bo'lishi va ularning himoyasi[tahrir]

Odatda, mualliflik huquqiga da'vo qilish uchun asar ba'zi minimal originallik talablariga javob berishi kerak va ushbu huquq ma'lum vaqt o'tgach yo'qoladi. Har xil davlatlar turli talablar qo'ysada, umuman olganda talablar judayam kam: Birlashgan Qirollikda asarga ozgina "qobiliyat, ish kuchi va qaror[sic]" sarflangan bo'lishi kerak.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil