UzDaewooAuto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



{{{name}}}

UzDaewooAuto (UzDeuAvto) Daewoo va Oʻzbekiston hamkorligida ochilgan qoʻshma korxonadir. 1996-yildan boshlab Andijon viloyatining Asaka shahridagi o'z zavodida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan. Zavodning yillik quvvati 200,000 avtomobilni tashkil etadi. Dastlab "Nexia", "Damas" va "Tico" rusmidagi avtomobillar ishlab chiqara boshlagan korxona hozirga kelib "Nexia" va "Damas" larning yangilangan turlarini, hamda "Matiz" va "Lacetti" rusumidagi avtomobillar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi. Hozirgi paytda korxona mashhur GM kompaniyasi bilan hamkorlikda GM Uzbekistan "Chevrolet" avtomobillarning uch turi: "Chevrolet Captiva", "Chevrolet Epica" va "Chevrolet Tacuma" lar ishlab chiqarishni o'zlashtirmoqda.Hozirgi kunda "Matiz-3" avtomashinasini ham ishlab chiqarish arafasida turishibdi. Ushbu avtomabil yurtimiz ko'chalarida sinovdan o'tkazilmoqda. Avtomashina saloni "Matiz" nikidan ancha farq qiladi. Uning saloni ancha keng va shinam jihozlangan. Motor qismiga ham birmuncha o'zgartirishlar kiritilgan.

GM O'zbekiston[tahrir]

General Motors O'zbekiston, yoki GM Uzbekistan, 2008 yil mart oyida tashkil qilindi. Qo'shma korxona aksiyalarining 75% i OʻzAvtoSanoatga va 25% i General Motors Corporationga tegishli.

Modellar[tahrir]

Yillar Model
1996—h.v Daewoo Damas
1996—2004 Daewoo Labo
1996—2003 Daewoo Tico
2001—h.v Daewoo Matiz
1996—2008 Daewoo Nexia
2008—h.v Daewoo Nexia II
2003—2011 Chevrolet Lacetti
2007—h.v Chevrolet Captiva
2007—2012 Chevrolet Epica
2008—2009 Chevrolet Tacuma
2010—h.v Chevrolet Spark
2012—h.v Chevrolet Malibu
2012—h.v Chevrolet Cobalt
2013—h.v Chevrolet Orlando
2013—h.v Daewoo Gentra
2014—h.v Chevrolet Aveo

UzDaewoo (GM Uzbekistan) avtomobillari[tahrir]