Asaka (shahar)
|
|
Ushbu maqola yoki boʻlimni Acaka bilan birlashtirish taklif etiladi. (Munozara) |
| Shahar
Asaka
|
Asaka shahri — Andijon viloyatidagi, 2010-yildan eʼtiboran tumanga boʻysunuvchi shahar. Asaka tumani maʼmuriy markazi.
Aholisi — 56,7 ming kishi (2005).
Shahar Fargʻona vodiysida, Shahrixonsoy kanali boʻyida joylashgan.
Mundarija |
Tarixi [tahrir]
Oktabr inqilobiga qadar shahar oʻrnida Russkoye Selo manzilgohi boʻlgan[1]. 1898-yilda qadar esa bu manzilgoh oʻrnida 1898-yilgi Andijon qoʻzgʻolonining markaziga aylangan qishloq boʻlgan[2],[3].
1924-1937-yillarda shahar, bolshevik rahbar Zelenskiyning nomiga Zelensk deb atalgan. Zelenskiy qatagʻonga uchraganidan soʻng, 1937-yilda shahar nomi bolsheviklar dohiysi sharafiga Leninsk deb oʻzgartirilgan. 1991-yilda shaharning tarixiy nomi qayta tiklangan.
Asaka 2010-yildan tumanga boʻysunuvchi shahar maqomida, ungacha esa u viloyatga boʻysungan.[4].
Sanoati [tahrir]
Asaka Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati markazi hisoblanadi, 1990-yillarning oxirida yiliga 250 ming donagacha avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan Daewoo avtomobil zavodi qurib bitkazilgan. UzDeu Avto amalda shahar miqyosidagi ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi.
Shuningdek, shaharda boshqa bir qator zavodlar: UzDongVonKo, paxta tozalash, yogʻ-moy, avtoremont, temir-beton uskunalar, qurilish materiallari, kislorod ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlar bor.
Shahardan Andijon — Qoʻqon temiryoʻl liniyasi oʻtgan, shaharning oʻzida „Asaka (temiryoʻl stansiyasi)“ temiryoʻl stansiyasi bor. Shahar, shuningdek, Margʻilon, Fargʻona va Andijonga olib boruvchi avtomobil yoʻllari tuguni ham hisoblanadi.
Shahar yaqinida neft va tabiiy gaz qazib olinadi.
Oʻquv muassasalari [tahrir]
Asakada savdo, tibbiyot, sanoat, xalq xoʻjaligi, iqtisodiyot kollejlari, shuningdek, akademik litsey bor.
Havolalar [tahrir]
- ↑ Eto, vozmojno, yavlyaetsya ne sovsem vernim utverjdeniem, tak kak nazvanie „Russkoe Selo“ nosil nineshniy posyolok Мархамат.
- ↑ G. P. Fyodorov „Moya slujba v Turkestanskom krae. (1870—1910). XVIII“.
- ↑ Naselenie Ferganskoy dolini v konse XIX — nachale XX vv. (etnokulturnie protsessi). Russkie v Ferganskoy doline: „Russkoe selo bilo osnovano na meste neskolkix kishlakov v Mingtyubinskoy volosti Andijanskogo uezda, i poselensi poluchili zdes bolshoe kolichestvo oroshaemoy zemli“.
- ↑ Postanovlenie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan ot 19 noyabrya 2010 goda № 200-II „Ob obʼedinenii territoriy goroda Asaka i Asakinskogo rayona Andijanskoy oblasti i otnesenii goroda Asaka k kategorii gorodov rayonnogo podchineniya“
Manbalar [tahrir]
- http://slovari.yandex.ru/dict/bse/article/00041/91800.htm — Leninsk (gorod v Uzbekskoy SSR)
|
||||||||||||||