Unus pro omnibus, omnes pro uno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun“ shior shunga ishora qiladi.

Bu shior Shveysariya Federal Saroyi gumbazining oʻrta qismiga yozilgan. (gumbazni toʻlaligicha koʻring).

Unus pro omnibus, omnes pro uno bu lotincha ibora boʻlib, oʻzbekchasiga Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun tarzida tarjima qilinadi. Bu ibora Aleksandr Dyumaning „Uch mushketyor“ asarining shiori boʻlgan, shuningdek Shveysariyaning milliy shioridir.

Shveysariyaning anʼanaviy shiori[tahrir]

Shveysariya federal konstitutsiyasi yangi nusxasida aks etgan yodgorlik, E.Konrad 19/IV/1874

Qonun chiqaruvchi hujjatlar va konstitutsiyada aytlishicha, Shveysariyaning rasmiy shiori yoʻq.[1] Ibora inglizcha (one for all, all for one), olmoncha (Einer für alle, alle für einen), fransuzcha (un pour tous, tous pour un), italyancha (Uno per tutti, tutti per uno) va romanshcha (In per tuts, tuts per in) koʻrinishlarda XIX asrda keng qoʻllanilgan. 1868-yili sentabr oyining oxirlari va oktabr oyining boshlarida kuzgi toʻfondan keyin Alp togʻlaridan ulkan suv toshqini keladi, amaldorlar mana shu shior ostida yordam kompaniyasi boshlaydi,[2] buni ongli ravishda qoʻllashi tufayli yosh xalq aholisi oʻrtasida birdamlikni va muʼsulyat hissini uygʻotadi-Shveysariya shu sababli faqat 20 yil ertaroq federativ davlatga aylanadi va oxirgi kantonlar oʻrtasida fuqorolar urushi Sonderbundskrieg 1847-yilda sodir boʻladi. Gazeta maqolalari shu shior ostida butun mamlakat boʻylab hayr-ehson koʻpayishiga chaqirib keladi.[3] Bu ibora Shveysariya togʻrisidagi katta bir afsonaning yaratilishi bilan tarixda qoldi. Bu shior insonlarni anchayin ruhlantirgani, mamlakatda birdamlilikni yuzaga keltirib chiqargani uchun 1902-yilda Shveysariya Federal Saroyi qubbasiga ham yozib qoʻyildi.[4] Shundan keyin bu ibora davlat shiori deb eʼtiborga olindi. Butun hududlar va partiyalar siyosatdonlari buni Shveysariya shiori deb tan oldilar.[5][6][7][8][9]

Uch mushketyorlar[tahrir]

Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun (un pour tous, tous pour un tarjimasi Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun), bu ibora shuningdek Aleksandr Dyumaning 1844-yilda birinchi nashr qilingan Uch mushketyor asarining asosiy qahramonlarining taqdirini bogʻlaydi. Asardagi yaxshi va yomon kunlarda bir biriga sadoqat boʻlgan Atos, Portos, Aramis va DʼArtanyan ismli Fransuz mushketyorlari guruhi bu iborani oʻzlariga shior qilib oladi.[10][11][12]

Oʻzbekistonda bu iboraning qoʻllanilishi[tahrir]

Oʻzbekistonda va ayniqsa oʻzbeklar orasida bu shior juda keng tarqalgan. Oshna ogʻaynilar, doʻstlar davrasida aytiladigan ibora. Masalan, maʼlum toʻda aʼzolari boshlari berk koʻchaga kirib qolganda mushkul vaziyatlarga tushganda yoki biron bir maqsad uchun intilganda shu iborani ishlatadilar. Bu shior sodiqlik, birdamlik va bir biriga yordam berishlik manosida.

Shuningdek koʻring[tahrir]

E pluribus unum

Tashqi havolalar[tahrir]

  1. Shveysariya Federal Oliy Sudi La fraternité (pdf), Iyun 2003, p. 2 (Fransuzcha). 'an'anaviy ibora "bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun" rasmiy boʻlishiga hech bir konstitutsiyaviy yoki qonuniy asos yoʻq." URL olindi 18-avgust, 2012.
  2. Pfister, Ch.: Die Geburt der Schweiz aus der Katastrophe (pdf), Tages-Anzeiger, 18-yanvar, 2005. (Inglizcha). URL olindi 16-avgust 2012.
  3. Summermatter, S.: Zoll der Sympathie—Die Bewältigung der Überschwemmungen von 1868 mit Hilfe der Eidgenössischen Spendensammlung (pdf), in Pfister, Ch.; Summermatter, S. (eds.): Katastrophen und ihre Bewältigung. Perspektiven und Positionen., Verlag Paul Haupt, Berne 2004. ISBN 3-258-06758-9. (Inglizcha). URL olindi 17-avgust, 2012.
  4. The Federal Assembly - The Swiss Parliament: Architecture Shveysariya Parlamenti vensaytida. URL olindi 17-avgust, 2012.
  5. Rut Dreyfus, Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti. 1-avgust 1999 Shveysariya davlat „Adres“ kuni. Boʻsh Olmoncha, Fransuzcha va Italyancha. URL olindi 16-avgust, 2012
  6. Yves Kristen Milliy Kengash spikeri. [1]. 18-mart 2003. URL olindi 16-avgust 2012.
  7. Maks Binder Milliy Kengash spikeri. [2]. 1-avgust 2004. URL olindi 17-avgust, 2012.
  8. Térèse Meyer Milliy Kengash spikeri. [3] 24-mart 2005. URL olindi 18-avgust, 2012.
  9. Samuel Shmid, Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti. [4] 23-sentabr, 2005. URL olindi 18-avhust, 2012.
  10. Andoza:Sourcetext
  11. Andoza:Gutenberg
  12. Andoza:Gutenberg