Uchqoʻrgʻon (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

UchqoʻrgʻonNamangan viloyati Uchqoʻryun tumaniiagi shaxar, tuman markazi. Viloyatning shim.sharqida, Norin daryosi (Sirdaryo havzasi)ning chap sohilida. QoʻqonAndijonToshkoʻmir yoʻnalishidagi t.y. chorrahasi. Namangandan 42 km shim.

sharqda. Aholisi 33,3 ming kishi (2004). U.da "Uchqoʻrgʻonyogʻ", "Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari", "Uchqoʻrgʻonnon", "Uchqoʻrgʻon—Tekstil" korxonalari, paxta tozalash, asfalt zavodlari, bir necha qurilish tashkilotlari, avtokorxona va b. korxonalar bor.

Umumiy taʼlim maktablari, gimnaziya, litsey, 2 kasbhunar kolleji, madaniyat saroyi va madaniyat uylari, musika maktabi, markaziy kutubxona va uning shoxobchalari ishlab turibdi. Sport sogʻlomlashtirish majmuasi, stadion va b. sport inshootlari aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, shahar vrachlik punkti, tez tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. U.dan Namanganga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.