Uchinchi koreya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uchinchi Koreya ba'zan koreys diasporasi deb ham ataladi. Dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlarida deyarli 7 mln. koreyslar yashaydi. Eng yirik diasporalar Xitoyda yashaydi (2,4 mln. atrofida), AQSh (2 mln. dan ortiq) va Yaponiyada (900 mingdan ortiq). MDHda koreys di- asporasi (etnonimi - kore saram) 4-o‘rinni egallaydi va taxminan 500 ming kishini tashkil etadi. 0'zbekistondagi koreys diasporasi (150 ming atrofida) son jihatidan 6-o'rinni egallaydi (Kanada va Rossiyadan keyin). Koreys immigratsiyasi XIX asrning o'rtalaridan boshlangan. Uning sababi - qashshoqlik, og'ir soliqlar, keyinroq esa yapon bos- qini. Dastlabki migratsiyaning asosiy yo'nalishi - Manjuriya va Rossiya Uzoq Sharqi boTgan. XX asr boshlarida koreyslaming Ga- vayi, Kalifomiya, Meksika va Kubaga bir martalik immigratsiyasi sodir boTgan. 60-yilIardan koreyslaming butun dunyo bo'ylab immigratsiyasi boshlangan. Agar 1864 yilda Rossiya imperiyasiga ko'chib kelgan dastlabki koreyslar guruhi 14 ta oiladan iborat bo'lsa, 1917 yilda

Amurbo'yi oblastidagi koreys immigrantlarining soni 84 mingdan ortiq kishini tashkil etgan. Yapon bosqini yillarida Manjuriya hududida va Rossiya Uzoq Sharqida yaponlar bilan kurashuvchi vatanparvarlik tashkilotlari va partizanlik otryadlari tuzildi. Koreys vatanparvar tashkilotlari bu yerda ona tilida milliy maktablar, ga- zeta va jurnallar tashkil etdi, bosib olingan Koreyada bularni ochishning iloji yo'q edi. Koreyslar (uch kishi) o'zbekiston hududida ham paydo bo'lgan, ular Rossiya imperiyasi aholisining 1897 yildagi birinchi Umumiy aholi ro'yxatida - Qo'qon va Namangan uyezdlarida hamda Namanganda qayd etilgan. 1926 yilda o'tkazilgan birinchi Umumittifoq aholi ro'yxatida 0'zbekistonda 36 nafar koreys qayd etilgan.