Turksib (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turksib
Rejissyor(lar) Viktor Aleksandrovitsh Turin
Ssenariynavis(lar) Yakov Aron
Aleksandr Macheret
Viktor Shklovskiy
Viktor A. Turin
Studiya(lar) Vostokkino
Chiqarilgan sanasi 1930-yil 24-may
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Tillar ruscha
inglizcha

Turksib“ — 1929-yil rejissyor Viktor Alexandrovitsh Turin tomonidan Turkiston-Sibir temir yoʻli qurilishini tasvirlagan sovet davri hujjatli filmi. Temir yoʻl shimoli-sharqda Toshkentdan Olmaotagacha va keyinroq Novosibirskgacha choʻzilgan[1].

Mavzusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Besh qismdan iborat boʻlgan film Turksibning butun Sovet Ittifoqi uchun ahamiyatini tasvirlovchi va Turkiston paxtasining qanday olib ketilishini tushuntirib beruvchi matn bilan boshlanadi. Film Turkistonni Sibir bilan bogʻlovchi Turksib temir yoʻlining qurilishi va uning Jetisu oʻlkasi rivojlanishidagi ahamiyati haqida hikoya qiladi. Shuningdek, film mobaynida rejissyor temir yoʻl quruvchilarning ishtiyoqini va qum ustiga yotqizilgan temir yoʻllarni koʻrgan choʻl aholisining hayratini ham koʻrsatib bergan.

Dastlabki kadr ketma-ketligida hududining katta qismi choʻldan iborat boʻlgan Turkiston uchun muhim ahamiyat kasb etgan daryo va irmoqlar haqida hikoya qilinadi. Togʻlardan erigan qor bilan oziqlanadigan va vodiyga oqib tushadigan daryolar tufayli hududda yashovchi aholi taqdiri oʻzgaradi. Ayni paytda, keyinchalik bu sahna bir nechta amerikalik va fransuz rejissyorlari uchun ilhom manbaiga aylangan.

Rejissyor oʻtib boʻlmaydigan yoʻllarda yuklarni tashishning qadim ajdodlardan qolgan usullarini koʻrsatib oʻtgan. Tuyalar va eshaklar Markaziy Osiyo qum boʻroni boʻylab sayohat qiladi. Sibirda chanalarni otlar tortib yuradi. Viktor Turin minglab kilometrlarga don yetkazib berish uchun boshqa transport vositalariga ehtiyoj borligini taʼkidlaydi. „Sivilizatsiya avangardi“ tadqiqotchilar Olmaotaga boʻlajak marshrutni ishlab chiqish orqali mahalliy aholining umidlarini ham tasvirlaydi. Bu qism choʻlning qum va qoyalari orasiga temir yoʻl relslarining yotqizilishi, shuningdek, mahalliy qabilalarning koʻchmanchilarning poyezd bilan musobaqa qilgan misol yugurushi tasvirlanadi. Shoshilinch ravishda, ammo aniq reja asosida suratga olingan bu filmning suratga olish ishlari birinchi besh yillik rejaning soʻnggi yili sanalgan 1930-yilda yakunlangan.

Ingliz tiliga oʻgirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Turksib“ filmi ingliz va kanadalik klassik hujjatli film rejissyori Jon Grierson tomonidan alohida eʼtirof etilgan boʻlib, uning ingliz tilidagi versiyasi tayyorlagan[2].

Saundtreki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film 2011-yil Britaniya kino instituti tomonidan „The Soviet Influence: From Turksib to Night Mail“ (Sovet taʼsiri: Turksibdan tungi pochtaga) filmi doirasida Britaniyaning Bronnt Industries Kapital guruhidan Gay Bartell tomonidan yangi buyurtma qilingan saundtrek bilan DVD va Blu-ray formatlarida chiqarilgan[3][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. H.D. (December 1929). „Turksib“. Close Up. Pool Group. 488–492-bet.
  2. Jack C. Ellis, Betsy A. McLane.. A new history of documentary film. Continuum International Publishing Group, 2005 — 37–38 bet. ISBN 0-8264-1751-5. 
  3. „Buy The Soviet Influence: From Turksib to Night Mail (Dual Format Edition) – Soviet Influence: From Turksib to Night Mail“. shop.bfi.org.uk. 2015-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Soviet Influence, The: From Turksib to Nightmail · British Universities Film & Video Council“. bufvc.ac.uk.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jean Mitry, Histoire du cinéma muet (1923-1930), tome 3, Paris, Éditions Universitaires, 1973, s. 317-321

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]