Tiananmen maydoni eʼtirozlari (1989)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koordinatalari: 39°54′12″N 116°23′30″E / 39.90333°N 116.39167°E / 39.90333; 116.39167

Tiananmen maydoni eʼtirozlari

Tiananmenda halok boʻlganlar xotirasiga tungi bedorlik.
Joy Pekin
Sana 15-aprel 1989 – 4-iyun 1989
Maqsad Ijtimoiy tenglik, „korrupsiyasiz Kommunist partiya“, matbuot erkinligi, soʻz erkinligi, sotsializm, demokratiya
Belgilari Ochlik, oʻtirgan holda ish tashlash, jamoa maydonini egallash
Oʻlim(lar) 241—2 500+
Jarohat(lar) 7 000 dan ziyod

Tiananmen maydoni eʼtirozlari (xit. 天安門廣場抗議) yoki Toʻrtinchi iyun voqeasi (xit. 六四事件) 1989-yili Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekinda roʻy bergan. Eʼtirozlar iqtisodiy va hukumat muammolaridan tashvishlangan talabalar tomonidan boshlanib, shahar fuqarolari tomonidan kamsonli dastak olgan va hukumat rasmiylari hamda mamlakat harbiylari tomonidan bostirilgan.[1][2] Keyinchalik Tiananmen maydoni qatliomi yoki 4-iyun qatliomi deb nomlangan bostirish 3—4-iyunlarda hujum miltiqlari bilan qurollangan askar va tanklarning Pekin markazidagi talaba namoyishchilar tomonidan yetti hafta egallab turilgan Tiananmen maydoniga harbiylar kirishini toʻsgan qurolsiz fuqarolar tomon xuruji bilan boshlandi. Wikileaks oshkor qilgan diplomatik maktublar Xitoy hukumatining maydonda birorta ham talaba oʻldirilmagan, degan pozitsiyasini tasdiqlasa ham,[3] XX asrda koʻp namoyishlarni koʻrgan Pekin uchun bunday harbiy safarbarlik va natijadagi xunrezlik miqyosi mislsiz edi.

Manbalar[tahrir]

  1. The Gate of Heavenly Peace. Long Bow Group Inc. in collaboration with ITVS (1995). 15 January 2012.
  2. Zhao, Ziyang (2009). "The origins of the 1989 Student Movement", Prisoner of the State: The Secret Journal of Premier Zhao Ziyang. Simon & Schuster. ISBN 1-4391-4938-0. 
  3. [1]

Havolalar[tahrir]