Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi
Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi
Umumiy maʼlumot
Shahar Nuriston (shaharcha)
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 1988-yil
Buzilgan sana 2004-yil

Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasi - Oʻzbekistonda qurilgan yirik issiqlik elektr stansiyalaridan biri. "Uzbekenergiya" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Nuriston shaharchasida, Tallimarjon suv omboridan 7 km uzoklikda joylashgan. Stansiya qurilishi 1988-yil yanvarda boshlangan. Loyiha quvvati 3200 MVt (800 MVt li 4 energoblokli). 1energobloki 2004-yil oxirida ishga tushiriladi. Asosiy yoqilgʻi turi — tarkibida oltingugurt kam boʻlgan Shoʻrtan gaz konidan olinadigan tabiiy gaz. Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasie.s. viloyatdagi gaz konlari, suv xoʻjaligi obyektlari va boshqa isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tallimarjon IESining birinchi energobloki tasvirlangan pochta markasi

Elektr stansiyasini qurish va loyihalash SSSR parchalanishidan oldin boshlangan. Dastlabki loyiha har biri 800 MVt quvvatga ega 4 ta energetika bloki qurishni nazarda tutgan[1].

80-yillarga kelib qurilishni moliyalashtirish bilan bogʻliq muammolar mavjud edi. Bir qancha vaqt elektrstansiya qurilishi toʻxtab qoldi. 90-yillarning oʻrtalarida 1-energoblokda "noʻl-sikl" tugallanib, Shoʻrtandan gaz quvuri tortildi[2].

2004-yil dekabr oyida quvvati 800 MVt boʻlgan 1-energoblok ishga tushirildi. Ushbu energoblokning Markaziy Osiyoda muqobili yoʻq[3]. Uni tugatish $400 mlnga tushdi[4]. Xususan, Oʻzbekiston hukumati kafolati ostida Britaniyaning „ANSOL LTD“ kompaniyasidan $59,3 mlnlik tovar krediti jalb qilindi[5]

Shuningdek, birinchi energoblokning komputer simulyatori ham yaratilgan. Simulyatorda real ishlab chiqarishda foydalaniladigan dasturiy modullardan foydalanish Tallimarjon IESining texnologik jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimining asosiy komponentlarini ishga tushirishdan oldin sinov oʻtkazish imkonini berdi[6].

Tallimarjon IES ishga tushirilgan birinchi yilda 4,6 mlrd kVt*soat elektrenergiya ishlab chiqardi[7].

2010-yilda Osiyo taraqqiyot banki Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish uchun Oʻzbekistonga $350 mln kredit ajratdi[8][9].

2011-yilda Tallimarjon IESdan „Soʻgʻdiyona“ nimstansiyasigacha boʻlgan 500 kV yuqori kuchlanishli liniya qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari (TIA) asosiy parametrlari tasdiqlandi[10].

2013-yilning ikkinchi yarmida (belgilangan muddatdan 14 oy oldin) 218 kilometr bir zanjirli elektr uzatish liniyasi ishga tushirildi. Loyiha qiymati $188,494 mlnni tashkil qiladi[11][12][13].

2013-yil martida tender natijalariga koʻra „Hyundai Engineering and Construction“ и „Daewoo International Consortium“ kompaniyalari konsorsiumi bilan Tallimarjon IESda ikkita kombinatsiyalangan siklli bugʻ-gaz trubinali agregatlarni (BGTA) tayyor holda topshirish boʻyicha qiymati $861,78 mlnlik shartnoma imzolandi[14].

2016-yil avgust oyida 450 MVt quvvatga ega boʻlgan BGTA-1 ishga tushirildi. Qurilish mobaynida 14 metr chuqurlikdagi tuproq qatlami almashtirildi, 450 ming m³ tuproq, 55 ming m³ beton ishlari bajarildi, 4500 tonna metall konstruksiyalar oʻrnatildi, 316 km kabel, 30 km quvur liniyasi yotqizildi. Qurilishda ishlagan ishchilar soni 2300 kishiga yetdi[15]. Oʻsha yilning noyabr oyida quvvati 314 MVt boʻlgan BGTA-2 ishga tushirildi[16]. Loyiha umumiy qiymati — $1,28 млрд. Asbob-uskunalar yetkazib beruvchisi Yaponiyaning «Mitsubishi Corporation» kompaniyasi boʻldi[14].





Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Энергоблок 800 МВт Талимарджанской ГРЭС введен в эксплуатацию под управлением ПТК КРУИЗ и TRACE MODE“. AdAstrA Research Group (13-aprel 2005-yil). 28-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  2. В строю новый газопровод // Правда Востока : газета. — 1990. — 1 may (Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр.
  3. Баротов, Ульмас „Энергетическая отрасль обогащается генерационными мощностями“. УзА (24-avgust 2016-yil). 30-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  4. „АБР поможет модернизировать Талимарджанскую ТЭС“. Газета.uz (21-aprel 2017-yil). 10-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  5. Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 26 iyun 2001 года № 270 «О вводе головного энергоблока № 1 Талимарджанской ГРЭС И подстанции „Согдиана“
  6. „Введен в эксплуатацию полномасштабный компьютерный тренажер энергоблока 800 МВт Талимарджанской ГРЭС“. AdAstrA Research Group (17-yanvar 2005-yil). 28-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  7. „SCADA система TRACE MODE и ПТК КРУИЗ на Талимарджанской ТЭС 800 МВт: итоги первого года эксплуатации АСУ ТП энергоблока“. AdAstrA Research Group. 25-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  8. „https://www.gazeta.uz/ru/2010/04/21/adb/“. Газета.uz (21-aprel 2010-yil). 10-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  9. „Проект по передаче электроэнергии с Талимарджанской ТЭС“. 2-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  10. Постановление Президента Республики Узбекистан «О мерах по реализации инвестиционного проекта "Строительство ВЛ 500 кВ Талимарджанская ТЭС - ПС "Согдиана" с ОРУ 500 кВ на Талимарджанской ТЭС"» от 27 августа 2011 года № ПП-1609
  11. Проект «Строительство ВЛ 500 кВ Талимарджанская ТЭС – ПС Согдиана с ОРУ-500 кВ на Талимарджанской ТЭС» (инфографика Всемирного банка)
  12. „ГАК «Узбекэнерго» завершила строительство высоковольтной линии электропередачи“. Uzdaily.uz (5-iyul 2013-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  13. „"Узбекэнерго" завершило строительство ЛЭП на юге стоимостью $120 млн“. Росстройэкспо (4-iyul 2013-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  14. 14,0 14,1 „Талимарджанская ТЭС удвоит выработку энергии“. Газета.uz (12-iyun 2014-yil). Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  15. „На Талимарджанской ТЭС запустили первую парогазовую установку“. Anhor.uz (25-avgust 2016-yil). 12-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.
  16. „Новые ПГУ Талимарджанской ТЭС выработали 1,52 млрд. кВт ч. электроэнергии“. Uzdaily.uz (20-fevral 2017-yil). 12-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2018-yil.