Sut mahsulotlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janubiy Afrikalik sut shirkati chiqaradigan sut mahsulotlari: qaymogʻi olinmagan sut, qulupnayli ichimlik yogurti va meva yogurti.

Sut mahsulotlari sutdan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlaridir. Aksariyat sut mahsulotlari katta energetik qiymatga ega. Sut mahsulotlari asosan sigir sutidan tayyorlanadi, biroq echki, qoʻy, yilqi va tuya suti ham ishlatiladi.