Kraxmal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kraxmal (nem. Kraftmehl) — oʻsimlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g. Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida oʻsimliklarning barglarida hosil boʻladi. K.ni toʻla gidrolizlab, glyukoza olinadi. U oʻsimliklarning turli qismlarida, ayniqsa, kartoshka tuguvagida, ildizida, bugʻdoy, sholi va makkajoʻxori donida dovachalar shaklida tuplanadi. K. miqdori bugʻdoyda 75%, makkajuxorida 72%,guruchda 80%,kartoshkada 12— 24% ga yetadi. Turli oʻsimliklardan olingan K. dovachalarining shakli va hajmi har xil. Mas, kartoshka K. do-vachalari nisbatan yirik (kundalangi 25—100 mk), guruch K. dovachalari esa mayda (kundalangi 3—7 mk). K. dovachalari suvda isitilganda parchalanib, kleyster hosil qiladi. Deyarli barcha K.lar ikki xil polisaharid — amiloza vaamilopektindan iborat. K. sovuq suv, spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Kislotalar taʼsirida gidrolizlanib, avval dekstrinlarga, soʻngra toʻla gidroliz natijasida D-glyukozaga aylanadi. Fermentlar taʼsirida ancha tez gidrolizlanadi. K. gidrolizini katalizlovchi fermentlar amilazalar deb ataladi.

Odam va hayvonlar uchun oʻsimlik K.i qimmatli oziq modda x.isoblanadi. Insonning uglevodlarga boʻlgan ehtiyoji, asosan, non, kartoshka, krupalar va boshqa tarkibadagi K. bilan qoplanadi. Sanoatda K., asosan, kartoshka, makkajoʻxoridan olinadi. Kartoshka K.i (kartoshka uni) olishda maydalab qorilgan kartoshka massasi suv bilan ishlanadi. Hosil boʻlgan K. sutini tindirib yoki sentrifugalab K. ajratib olinadi. K. oziq-ovqat, qandolatchilik, goʻsht mahsulotlari tayyorlashda keng qoʻllanadi. Etil spirt, butil spirt, atseton va sut kislota, sitrat, glyukonat kislota, yelim ishlab chiqarishda K.dan xom ashyo sifatida foydalaniladi. Antibiotiklar, vitaminlar, poroshoklar tayyorlashda ishlatiladi. K. va uning mahsulotlari toʻqimachilik, qogʻoz sanoatida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil