Susamir vodiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Susamir vodiysi, Susamir soyligi — Tyanshandagi soyliklardan biri. Shimolidan Talas Olatovi bilan Qirgʻiziston Olatovi, janubidan Susamirtov bilan Jumgʻaltov orasida (Qirgʻiziston) joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekis. Vodiydan Susamir va Gʻarbiy Qorakoʻl (Norin havzasi) daryolari oqib oʻtadi. Vodiy tubi 2100– 2500 m balandliqda, qisman botqoqlashgan. Togʻ oʻtloq dashtlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.