South Park
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| South Park | |
|---|---|
| Janri | multserial komediya |
| Muallif(lar) | Trey Parker Matt Stone |
| Ovoz berganlar | Trey Parker Matt Stone Isaac Hayes (1997—2006) Mary Kay Bergman (1997—1999) Eliza Schneider (2000—2003) Mona Marshall April Stewart John Hansen Jennifer Howell Adrien Beard |
| Qismlar boshidagi musiqa | "South Park Theme" Primus/Colonel Les Claypool's Fearless Flying Frog Brigade |
| Mamlakat | AQSh |
| Mavsumlar soni | 12 |
| Qismlar soni | 174 |
| Ishlab chiqarish | |
| Ijrochi prodyuser(lar) |
Trey Parker Matt Stone |
| Qism davomiyligi | 22 daq. |
| Efirga uzatilishi | |
| Telekanal | Comedy Central |
| Tasvir formati | NTSC (480i) |
| Efirda | 13-avgust, 1997 |
| Tashqi havolalar | |
| Rasmiy sayti | |
| IMDb profili | |
| TV.com sahifasi | |
South Park (Janubiy Park; talaffuzi: /saʊθ pɑːrk/) Trey Parker va Matt Stone tomonidan yaratilgan Amerika multserialidir. Comedy Central kanalida 1997-yildan beri efirga uzatiladi. Serial mashhur shaxslar va voqealarni mutoyiba va satira yordamida parodiya qiladi.
Mundarija |
[tahrir] Mazmuni
Serialdagi voqealar Colorado shtatining South Park shaharchasida boʻlib oʻtadi. Bosh qahramonlar oʻlaroq toʻrt nafar maktab bolasi — Stan, Kyle, Eric va Kennylar qatnashadi. Multfilm ijtimoiy, diniy, siyosiy muammolarni hajv bilan yoritadi, illatlarni fosh qiladi (masalan, NAMBLA haqidagi qismda bachabozlik qattiq tanqid ostiga olingan). Serialda tez-tez soʻkinish eshitilishi va jinsiy aloqaga oid mavzular eslatilishi tufayli 18 yoshdan kichik boʻlganlarga tavsiya etilmaydi.
[tahrir] Ishlab chiqarish
Multfilm ikki oʻlchamli sodda animatsiyadan iborat. Avvalboshda Parker va Stone rangli qogʻozlarni qirqish bilan serialni ishlab chiqarishgan boʻlishsa, hozirda kompyuter grafikasi yordamidan foydalanishadi.
[tahrir] Asosiy qahramonlar
- Stan Marsh — «oʻrtacha amerikalik bola». Kylening yaqin doʻsti.
- Kyle Broflovski — aqlli, mantiqli bola. Yahudiy boʻlgani uchun Cartman bilan munosabatlari yomon.
- Eric Cartman — xudbin, irqchi, agressiv bola. Toʻladan kelgan, lekin «semiz» ekanligini tan olmaydi.
- Kenny McCormick — soʻkongʻich bola. Olovrang anoragi ogʻzini yopib turgani uchun nima deyotgani aniq eshitilmaydi. Qashshoq oila farzandi. Serialning koʻp qismlarida oʻladi (keyingi qismlarda esa uni yana uchratish mumkin).
- Chef — South Park maktabi oshpazi. Ayollarga oʻch.
- Herbert Garrison — maktab oʻqituvchisi. Jinsiy moyilligi xilma-xil (multserial davomida u ham geteroseksual, ham gomoseksual munosabatlarda boʻlgan) va shu yuzdan ikki marta jins almashtirish amaliyotidan oʻtgan.
- Janob Mackey — maktab ruhshunosi. Bolalarga alkogol va giyohvand zarari haqida uqtirgan boʻlsa-da, uning oʻzi araqxoʻr va nashaxoʻr boʻlib ketadi. Biroq koʻp oʻtmay bu odatlarini tashlaydi.
[tahrir] Ishoratlar