Gomoseksuallik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
LGBT
Kamalak bayroq
Gomoseksuallik · Jins · Biseksuallik · Transseksuallik
LGBT tarixi
LGBT madaniyati
Teng jinsli nikohlar

Gomoseksuallik (yun. ὁμός - "ayni", lot. sexus - "jins") oʻzi bilan ayni jinsga oid individlarga qaratilgan jinsiy moyillikdir. Bunda aynan jinsiy aloqa nazarda tutilmaydi, balki oʻzining jinsdoshiga nisbatan tortilishi ham bildiriladi. Erkaklar orasidagi gomoseksuallik besoqolbozlik (yoki gay) deb atalsa, ayollar oʻrtasidagi shunday munosabatlar lezbianlik, deyiladi. Gomoseksuallik faqatgina odamlarda emas, balki hayvonlarda ham uchraydi.

Tarix[tahrir]

Asosiy maqola: LGBT tarixi.

Gomoseksual atamasi ilk bora avstriyalik yozuvchi Karl-Maria Kertbeny 1869 yilda yashirin chop etgan pamfletlarida uchraydi.[1] Bu mavzudagi ilmiy ishlar esa psixiatr Richard Freiherr von Krafft-Ebing yozgan Psychopathia Sexualis kitobida (1886) koʻriladi.[2]

Biroq gomoseksuallik hodisa sifatida antik davrlardan beri yoritib kelingan (jumladan Suqrot, Iskandar Zulqarnayn tarjimai hollarida bu kuzatiladi).

Nufuz[tahrir]

Jinsiy moyillik bilan bogʻliq demografik soʻrovlar turlicha koʻrsatkichlarni berishadi. Zero:

  • Soʻrovlar oʻta shaxsiy savollardan iboratligi uchun hamma ham toʻgʻri javob bermaydi.
  • Gomoseksuallar doim ham faqatgina gomoseksual boʻlaverishmaydi (biseksual boʻlishlari ham mumkin).
  • Soʻrov qatnashchilari jinsiy aloqa atamasi ostida ayni hodisani tushunmasliklari mumkin.

Mavjud maʼlumotlar gomoseksuallar dunyo aholisining 1-10%'ini tashkil etishi mumkinligini koʻrsatmoqda, bunda besoqollar lezbianlardan koʻproqdir.[3][4][5]

Shuningdek[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  1. Kertbeny Coins "Homosexual"
  2. Psychopathia Sexualis
  3. S. Hite, The Hite Report on Male Sexuality, New York, A. Knopf, 1991.
  4. S. S. et C. L. Janius, The Janius Report on Sexual Behavior, New York, John Wile & Sons, 1993.
  5. Alfred C. Kinsey, Sexual Behavior in the Human Male, 1948, ISBN 0-7216-5445-2(o.p.), ISBN 0-253-33412-8(reprint).