Sipohiylar qo‘zg‘oloni (1857–1859)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qo‘zg‘olonning asosiy harbiy yadrosi armiya bo‘lgani bois uni sipohiy qo‘g‘oloni deb atashadi. Unda mamlakatning turli tabaqalariga mansub aholi – dehqonlar, hunarmandlar va feodallar ishtirok etadilar. Ingliz mustamlakachilari Hindistonni zabt etgandan keyin mahkam o‘rnashib olish uchun armiyaga mahalliy aholini jalb qila bosh laydilar. Sipohiylar deb atalmish hind askarlari hindular, musulmonlar va sikxlardan iborat edi. Ingliz bosqini natijasida mamlakat iqtisodi in qirozga uchragan, qishloq va shaharlarda tirikchilik nihoyat darajada og‘irlashgan bir paytda yoshlar armiyadan panoh topganlar. Armiya ularni moddiy jihatdan nisbatan durustroq ta’ minlagan. Sipohiylar armiyasining asosiy vazifasi mustamlakachilarning manfaatlarini qo‘riqlash, shuningdek xalq harakatini bostirishdan iborat bo‘lgan. Sipohiylarga ingliz zobitlari boshchilik qilganlar. Sipohiylarning hech qanday ijtimoiy va siyosiy huquqlari bo‘lmagan. Mustamlakachilarning shafqatsiz zo‘ravonlik buyruqlarini bajargan sipohiylarning bora-bora ko‘zi ochilib erkparvarlik tuyg‘usi uyg‘ona boshladi. Mustamlakachilar sipohiylardan qo‘shni mamlakatlar Eron, Afg‘oniston, Birma (Myanma), Xitoyga qarshi yurishlarda ham foydalanar edilar. Bunday harbiy yurishlarda ko‘p hind askarlari halok bo‘lganidan sipohiylar juda norozi edilar. Inglizlar sipohiylarni moddiy, ma’naviy jihatdan kamsitardilar. Sipohiyning maoshi ingliz soldatining maoshidan juda kam edi. Sipohiy bir necha o‘n yil davomida harbiy xizmatni o‘tasa-da, u rag‘batlantirilmasdi, unga harbiy unvon ham berilmasdi. Ko‘pincha sochiga oq o‘ragan hind sipohiysi endi harbiy xizmatga qadam qo‘ygan ingliz o‘spirinining buyrug‘ini bajarishga majbur edi.

Qo'zg'alonning boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ingliz zobitlari sipohiylarni mensimas, arzimagan baho na bilan ularni qattiq jazolardilar. Bularning barchasi sipohiylarning sabr kosasini to‘ldira boshladi. Ma’lumki, hindular sigirni muqaddas deb bilib, uning go‘shtini iste’mol qilmas, musulmonlar uchun cho‘chqa haromdir. Ma’lum bo‘lishicha sipohiylar ishlatadigan miltiq o‘qlari sigir va cho‘chqa yog‘i bilan moylanar ekan. Bu esa qo‘zg‘olon chiqishining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.

Sipohiylarning dastlabki chiqishi 1857 yil 10 mayda Mirut shahrida boshlandi. Qo‘zg‘olonni shaharning barcha aholisi qo‘llab-quvvatladi. Qo‘zg‘olonchilar shahardagi ingliz garnizonini tormor qilgach, boburiylar poytaxti Dehliga qarab yurdilar. Ular boburiylar sulolasining so‘ngi podshosi Bahodir shoh II ni qo‘zg‘olonga rahbarlik qilishga chaqirdilar. Bahodir shoh II Hindiston podshosi hisoblansa-da, uning hech qanday huquqlari yo‘q bo‘lib, faqat inglizlar nafaqasiga yashardi. U sipohiylar talabiga ko‘ngach, uni Hindiston imperatori deb e’lon qiladilar va barcha hind xalqini qo‘zg‘olonga qo‘shilishla riga da’vat etadilar. Ingliz mustamlakachilariga qarshi barcha musulmonlar va hindular ko‘tarilishdi. Inglizlarning ular o‘rtasida diniy adovat qo‘zg‘ashga urinishlari barbod bo‘ldi. Dehlida Bahodirshoh II hukumati bilan birga sipohiylar va shaharliklardan iborat ma’muriy Kengash – jalsa tuzildi. Unda mustaqillik uchun sodiq kurashchi Baxtxon ham ishtirok etdi. Bahodirshoh II tomonidan Dehli qo‘shinlariga boshchilik qilishga tayinlangan shahzoda Mirzo Mo‘g‘ulni uquvsizligini ko‘rgan Baxtxon harbiy rahbarlikni o‘z qo‘liga oladi. Dehlini qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tgani haqidagi xabar barcha viloyat va shaharlarga yetib bordi va u yerlarda ham xalq qo‘zg‘olonlari alanga oldi. Qo‘zg‘olon ayniqsa Markaziy Hindiston hududlarida avjiga chiqdi. Qo‘zg‘olonchilar inglizlarga tegishli huku mat idoralarini tor-mor qilishdi, sudxo‘rlar qo‘lidagi qarzlar haqida tilxatlarni yo‘q qilishdi, qishloqlardan ingliz gumashtalari – zamindorlarni haydashdi. Bu kurashda Dehlidan tash qari qo‘zg‘olonning yana ikki markazi (Kanpur va Lakxnau) vujudga keldi. Kanpurdagi qo‘zg‘olonga Nana Sohib, Aud viloyatida esa Mavlaviy Ahmadshoh rahbarlik qildi.

Qo'zg'alondagi qiyinchiliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ammo Dehli, Kanpur va Lakxnaudagi qo‘zg‘olonchilar katta qiyinchiliklarga duch keldilar: qo‘shinlarga to‘lanadigan maosh yetishmay, harbiy anjom-aslahalar, oziq-ovqat kamchil edi. Dehlida umr guzaronlik qilayotgan Bahodirshoh II 80 yoshdan oshib qarib qolgan, uning ustiga butun umrini, yarim mahbuslikda o‘tkazgan, hokimiyat ishlaridan ancha yiroq edi. U sipohiylar harakatiga ishonmas va o‘z foydasini ko‘zlardi. Qo‘zg‘olonning dastlabki kunlaridanoq u hokimiyat ishlariga yaroqsiz ekanligini ko‘rsa tib qo‘ygan edi. Qo‘zg‘olonchilar orasidagi ba’zi kelishmovchiliklar, strategiya va taktika sohasidagi xatolar, armiyadagi iq tisodiy muammolar sipohiylar harakatini susaytirdi. Ayrim sipohiy qo‘shinlari Dehlini tark eta boshladilar. Mustamlakachilar juda katta qurolli kuch to‘plab, poytaxtga hujum qildilar va besh kunlik shiddatli janglardan so‘ng 19 sentyabrda Dehlini egalladilar. Ular asir olingan sipohiylarni hamda tinch aholini qirg‘in qila boshladilar, qo‘lga tushgan odamlarni qamadilar, osdilar, otdilar. Qatl etilgan va otilganlar orasida begunoh xalq bilan birga yirik yer egalari va qishloq hokimlari ham bor edi.

Qo'zg'alonning tugashi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bohodirshoh II o‘z oilasi bilan inglizlarga taslim bo‘ldi, sud qilinib, Rangun (Myanma)ga badarg‘a qilindi va 1862 yil surgunda vafot etdi. Uning o‘g‘illari – Mo‘g‘ul Mirzo, Hizr Sulton Mirzo, nevarasi Abu Bakr Mirzoni Dehliga olib ketayotgan ingliz zobiti Xadson yo‘lda birin-ketin otib tashlaydi. Qo‘zg‘olonning ikkinchi markazi Kanpurda tuzilgan hukumatga Azimullaxon rahnamolik qildi. Bu yerda boshqarish tizimi, qo‘ shin va aholini kerakli qurol-anjomlar va oziq-ovqat bilan ta’minlash nisbatan yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Ammo qo‘zg‘olonning uchchala markazi harakat boshlanishidayoq yutuqlarni mustahkam lab, hujumkorlik sur’atini kuchaytirish o‘rniga mudofaa taktikasini qo‘lladilar. Natijada harbiy harakatlardagi tashabbus ingliz qo‘liga o‘tdi. Lakxnauga qarshi inglizlarning yuz ming kishilik armiyasi tashlandi. Uning mudofaasiga Mavlaviy Ahmad shoh boshchilik qiladi. 1858 yil 19 martda inglizlar shaharni egalladilar. Bu yerda ham mustamlakachilar ommaviy qirg‘inbarot o‘tkazadilar. Shundan so‘ng sipohiylar qo‘zg‘o loni partizanlar harakati pallasiga o‘tdi. Ayniqsa, Markaziy Hindistonda partizanlar harakatining yo‘lboshchisi Tantiya Topi inglizlarni vahimaga solib qo‘ydi. U Jxansi xonligining hukmdori bo‘lmish Lakshmi bay bilan hamkorlikda ingliz armiyasiga bir necha bor kuchli zarbalar berdi. Lakshmi bay hokim ozodlik va mustaqillik kurashining tarixida nomi qolgan ayoldir. U erkaklar kiyimida dushman bilan mardona olishdi. Vatan mustaqilligi uchun jon fido etdi.

1858 yil 1 noyabrda Angliya qirolichasi Viktoriyaning sipohiylar qo‘zg‘olonida qatnashgan feodallarni kechirgani va ularning mol-mulki, yerini o‘zlarida qoldirish haqida farmon e’lon qildi. Natijada qo‘zg‘olonda ishtirok etgan feodallar kurashni to‘xtatdilar. Partizanlar harakati ham katta qurolli kuch bilan bostirildi. Sotqin hukmdorlar va feodallar partizanlar harakatini bostirishda inglizlarga yordam berdilar. Sotqinlardan biri Mavlaviy Ahmadshohni 50 ming rupiyga pulladi, ikkinchisi esa Tantiya Topini mustamlakachilarga tutib berdi. Ularning ikkalasi ham qatl etildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm