Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Unbalanced scales.png Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsil maʼlumot uchun munozarani ko'ring.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Muhammad Sodiq ibn Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali, 1952-yil 15-aprelda Andijon viloyatida tavallud topgan) Markaziy Osiyo Musulmonlar Diniy Idorasining sobiq muftiysi, hamda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi birinchi muftiy.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf biografiyasi[tahrir]

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Oʻzbekistonda va islom dunyosidagi eng mashhur olimlardan. Shayx Muhammad Sodiq Islom ulamolarining eng katta nodavlat tashkilot boʻlgan Islom Ulamolarining Millatlararo Ittifoqining peshqadam aʼzolaridan biri hisoblanadi. [1] Shayx Muhammad Sodiq boshlangʻich diniy taʼlimni otasidan oldi. Sovet oʻrta maktabini 1970-yilda toʻliq aʼlo baholarga tugatgach, Muhammad Sodiq Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasiga oʻqishga qabul qilindi. Keyinchalik Toshkentdagi Oliy Islom Institutida tahsil olib, 1975 yilda muvaffaqqiyatli tamomladi. 1976-yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Liviyadagi ad-Davaʼ al-Islami Milliy Islom Universitetiga qabul qilindi, hamda moliyaviy ragʻbat bilan muvaffaqqiyatli tamomladi. Liviyada tahsil olish yillari Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni Musulmon ulamolarining kelajak avlodiga, ayniqsa, Arab dunyosiga va hattoki uzoq Yaponiya kabi mamlakatlarga ham tanitdi.

1997-yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Saudiya Arabistondagi xalqaro Islom tashkiloti boʻlgan Robita al-Islomiya (Musulmon Olami Ligasi) tarkibidagi Musulmon davlatlar va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hozirgi kunda ham ushbu tashkilot boshqaruv kengashining doimiy aʼzosi hisoblanadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ijodlari[tahrir]

Shayx koʻplab islomiy kitoblar muallifidir. 1994-yildan 2000-yilgacha Shayx ishlarining 60 foizi, yaʼni oʻttizga yaqin mashhur maqolalar va yigirma beshgacha yaqin kitoblar, hamda qoʻllanmalar nashrdan chiqarildi. Ushbu ilmiy ishlarning koʻpchilik qismi oʻzbek tilida yozilgan boʻlib, ulardan baʼzilari rus va boshqa Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar tillariga tarjima qilingan. Yuqorida koʻrsatilgan muddat davomida Qirgʻizistonning Oʻsh shahridagi Islom Madaniyati Markazi Shayx Muhammad Sodiqning koʻplab ishlarini nashr qilib bordi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning „Tafsiri Hilol“, „Tasavvuf haqida Tasavvur“, „Ixtiloflar haqida“, „Din nasihatdir“, „Ruhiy tarbiya“ va shu kabi koʻplab kitoblari hozirgi kunga qadar kitobxonlar orasida mashhur boʻlib, qoʻlma qoʻl oʻtib kelmoqda. Shuningdek, oʻquvchilar talablariga binoan qayta qayta nashrdan chiqayongan „Sunniy Aqidalar“ va 39 juzʼdan iborat „Hadis va Hayot“ kitobi ham Oʻzbekiston xalqi orasida eʼzoz bilan mutolaa qilinadigan kitob qatoridan joy olgan. 2004-yilda tashkil topgan www.islom.uz[2]veb loyihasi esa shaxsan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahbarligida faoliyat olib bormoqda. Ushbu sayt Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga toʻgʻridan toʻgʻri savol berish imkoniyatini yaratadi.

2002-yildan buyon Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf oʻzining barcha kitoblari muqaddimasida firqalarga boʻlinmaslik, toʻgʻri yoʻldan ogʻishmaslikka qaratilgan Islomiy harakat ruhidagi quyidagi shiorni kiritib boradi: Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo Islomga intilish, Qurʼon va sunnatni oʻrganib amal qilish, islomiy maʼrifat taratish, salafi solih — ulugʻ mujtahidlarga ergashish, kengbagʻirlik va birodarlik ruhini tarqatish. Diniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bidʼat — xurofatlarni yoʻqotish.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning aʼzo tashkilotlari[tahrir]

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlari oxirgi yillarda ilmiy va daʼvatga hamda diniy madaniyatni oshirishdagi faoliyatlarga oʻzlarini bagʻishlaganlar. Shayx xazratlari quyidagi xalqaro tashkilotlar aʼzosidirlar;

  1. Makkai mukarrama shahridagi Butun Dunyo Islom Robitasining taʼsis majlisi aʼzosi.
  2. Butun dunyo tasavvuf uyushmasining aʼzosi.
  3. Butun dunyo Islomiy xalqlari boshqaruvining bosh kotibiyati aʼzosi.
  4. Butun dunyo daʼvati uyushmasi aʼzosi.
  5. Butun dunyo ulamolari kengashi uyushmasi aʼzosi.
  6. Islomobod shahridagi butun dunyo Islom uyushmasi aʼzosi.
  7. Makkai mukarramadagi butun dunyo mufakkir ulamolari yigʻinining ijroiy qoʻmitasi aʼzosi.
  8. Butun dunyo masjidlar uyushmasining aʼzosi.
  9. Iordaniyadagi Oli Bayt mussasasiga qarashli Islomiy fikrlar akademiyasi aʼzosi.

Bundan tashqari shayx xazratlarini bir necha davlatlarning medallari bilan ham taqdirlangan. Masalan Misr Arab Respublikasi, Libiya Jamohiriyyasi va Rusiya respublikalari kabi.

Shayx xazratlarining ilmiy darajalari[tahrir]

  • Toshkentdagi imom Buxoriy nomli oliy maʼhadini bitirganlar.
  • Tripoli shahridagi butun dunyo Islomga daʼvat fakultetini bitirganlar.
  • Toshkentdagi imom Buxoriy nomli oliy maʼhadida tafsir, ulumul qurʼon va faroiz fanidan dars berganlar.
  • Toshkentdagi imom Buxoriy nomli oliy maʼhadda mudir noibi boʻlib ishlaganlar.
  • Toshkentdagi imom Buxoriy nomli oliy maʼhadda mudir boʻlib ishlaganlar.
  • Oʻrta osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi hamda mufti lavozimida ishlaganlar.
  • Toshkent Islom universitetida oliy oʻquvi boʻlimida ustoz boʻlib ishlaganlar.

Shayx xazratlari quyidagi kitoblarni taʼlif etganlar[tahrir]

  1. Qurʼoni karimga yozgan „Hilol“ tafsirlari boʻlib, u etti juzdan iborat. Har bir juz 640 sahifa. Birinchi bosmada esa 22 juzdan iborat.
  2. Mansur Ali Nosifning „at-Tojul jomeʼ lil usul fiy ahadisur rosul“ nomli hadis kitobiga yozgan sharhlari. U sharh kitoblari 39 juzdan iborat. Ular quyidagichadir.
  • Birinchi juz „Muqaddima“
  • Ikkinchi juz „Iymon va Islom kitobi“
  • Uchinchi juz „Niyat ixlos va ilm kitobi“
  • Toʻrtinchi juz „Tahorat kitobi“
  • Besh, olti va ettinchi juz „Namoz kitobi“
  • Sakkizinchi juz „Zakot kitobi“ 288 bet.
  • Toʻqqizinchi juz „Roʻza kitobi“ 240 bet.
  • Oʻninchi juz „Haj va umra kitobi“ 368 bet.
  • Oʻn birinchi juz „Bayʼ va ziroat kitobi“
  • Oʻn ikkinchi juz „Faroiz kitobi“ 208 bet.
  • Oʻn uchinchi juz „Nikoh, taloq va idda kitobi“ 432 bet.
  • Oʻn toʻrt va oʻn beshinchi juz „Qasam, nazrlar, ov va soʻyish kitobi“ 240 bet.
  • Oʻn oltinchi va oʻn ettinchi juz „Taom, sharob va libos kitobi“ 432 bet.
  • Oʻn sakkizinchi juz „Tib va dam solish kitobi“
  • Oʻn toʻqqizinchi juz „Olamlarga rahmat paygʻambar“
  • Yigirmanchi juz „Qurʼonda zikri kelgan nabiylar fazilati“
  • Yigirma birinchi juz „Hadlar kitobi“
  • Yigirma ikkinchi juz „Amirliklar kitobi“
  • Yigirma uchinchi juz "Sahobalar fazilati; Abu Bakr va Umar.
  • Yigirma toʻrtinchi juz „Usmon va Ali fazilatlari“
  • Yigirma beshinchi juz „Jannatga bashorat qilingan oʻn kishi fazilati“
  • Yigirma oltinchi juz „Baʼzi muhojirlar fazilati“
  • Yigirma ettinchi juz „Nubuvvat xonadoni xonimlari“
  • Yigirma sakkizinchi juz „Baʼzi ansorlar fazilati“
  • Yigirma toʻqqizinchi juz „Ansor yoki muhojir boʻlmagan bir necha sahobalar fazilati“
  • Oʻttizinchi juz „Qurʼoni karim fazilati“
  • Oʻttiz birinchi juz „Tafsir kitobi“
  • Oʻttiz ikkinchi juz „Tush va masallar kitobi“
  • Oʻttiz uchinchi juz „Jihod va yurishlar kitobi“
  • Oʻttiz toʻrtinchi juz „Yaxshilik va axloq kitobi“
  • Oʻttiz beshinchi juz „Zikr, duolar, istigʻfor va tavba kitobi“
  • Oʻttiz oltinchi juz „Zuhd va raqoiqlar kitobi“
  • Oʻttiz ettinchi juz „Odob kitobi“
  • Oʻttiz sakkizinchi juz „Fitna va Qiyomat alomatlari kitobi“
  • Oʻttiz toʻqqizinchi juz „Qiyomat, jannat va doʻzax kitobi“

Bundan tashqari shayx xazratlarining bir necha kitoblari chop etilgan. Ulardan;

Shayx xazratlarining chop etilgan kitoblari[tahrir]

  1. „Iymon“ 350 bet.
  2. „Vasatiyya hayot dasturi“ 320 bet.
  3. „Tasavvuf haqida tasavvur“
  4. „Ixtiloflar haqida“
  5. „Din nasihatdir“
  6. „Shoyadki taqvodor boʻlsak“
  7. „Poklik iymondandir“
  8. „Haj ibodati“
  9. „Islomda inson huquqlari“
  10. „Islomda oila“
  11. „Tarix omonatdir“
  12. „Jamiyat koʻksiga urilgan xanjar“
  13. „Islom musaffoligi yoʻlida“
  14. „Islom maʼnaviy jinoyatlarga qarshi“
  15. „Ramazonni qanday qarshilaymiz“
  16. „Islom va atrof muhit muhofazasi“
  17. „Sunniy aqiydalar“
  18. „Ruhiy tarbiya“ 1-2-3-juzlar. Hammasi 1500 bet.
  19. „Kifoya sharhi muxtasari viqoya“ 1-2-3-juzlar. Hammasi 1500 bet.
  20. „Sharhi adabul mufrad“ 1-2-3-juzlar. Hammasi 1500 bet.

Shayx xazratlarining quyidagi toʻlqinlarda radio eshittirish orqali dasturlari bor. Navroʻz, ozodlik, xuroson, poytaxt va birinchi kanal. Har juma kuni bir soat navroʻz radiosi orqali savollarga javob qaytaradilar. Ushbu eshittirish kechasi ham qaytariladi. CD formatida ovoz disklarini quyidagilari sotuvga chiqarilgan.

  1. Adabul mufrad. Imom Buxoriy.
  2. Hadis va hayot silsilasining zakot kitobi.
  3. Hadis va hayot silsilasining roʻza kitobi.
  4. Hilol tafsirining 30-juzi.
  5. Hikmatli dunyo silsilasining birinchi juzi.
  6. Hikmatli dunyo silsilasining ikkinchi juzi.
  7. Hikmatli dunyo silsilasining uchinchi juzi.
  8. Hikmatli dunyo silsilasining toʻrtinchi juzi.
  9. Hikmatli dunyo silsilasining beshinchi juzi.

CD formatida surat va ovoz shaklida (DVD)quyidagilari sotuvga chiqarilgan.

  1. „Umr safari“ Haj va umra taʼlimoti.
  2. Hikmatli dunyo silsilasining birinchi juzi.
  3. Hikmatli dunyo silsilasining ikkinchi juzi.
  4. Hikmatli dunyo silsilasining uchinchi juzi.

Bulardan tashqari shayx xazratlarining internetning quyidagi adreslarda „websayt“lari bor. Ular; www.islom.uz www.islam.uz www.info.islam.uz www.muslimaat.uz www.quran.uz www.hadis.islom.uz halol.org Ushbu „websayt“lar oʻzbek va rus tillarida hamda krill va lotin harflaridadir. Mazkur saytlar islomiy mustaqil davlardagi eng katta va mashhur saytlar boʻlib, deyarlik har kuni yangilab boriladi. Undagi ziyoratchilarning diniy va ijtimoiy savollariga javob beriladi. Va har turlik musobaqalar olib boriladi. Shuningdek shayx xazratlari haftada ikki marta katta imomlarga tafsirdan, oliy maʼhad ustozlariga hadisdan va baʼzi masjid imomlariga ulumul Qurʼondan dars oʻtkazadilar. Va yana bulardan tashqari musulmonlar uylarida, masjidlarda, marosimlarda va boshqa oʻrinlarda xutba va mavʼiza bilan musulmonlarni xushnud etadilar.

Manbalar[tahrir]