Kontent qismiga oʻtish

Shayx Gadoy Serkun masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shayx Gadoy Serkun masjidi
Muqobil nomlari Shayx Gadoy Serkun masjidi

Umumiy maʼlumot
Turi masjid
Shahar Navoiy
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XX asr boshlari
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Shayx Gadoy Serkun masjidi — Navoiy viloyati Yangiobod shahrida joylashgan yodgorlik. Masjid Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi davrida XX asrning boshlarida bunyod etilgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Masjid Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida boʻlib, ikki tomonlama ayvondan iborat. Sovet davrida masjid ambulatoriya va omborxona sifatida foydalanilgan. 1998-yil Navoiy viloyati hokimligi tashabbusi bilan masjid qayta ochilgan va foydalanishga topshirilgan. 2005-yilda masjidda olib borilgan taʼmirlash ishlarida tashqi koʻrinishi butunlay oʻzgartirib, oldingi koʻrinishi saqlanib qolmagan. Masjid oldida Shayx Gadoy Serkun qabri joylashgan. Shuning uchun masjid xalq orasida shunday nomlanib kelingan. Epigroflar tadqiqotlariga koʻra, masjid Shayx Gadoy Serkun tomonidan qurilgan boʻlishi mumkin. Masjid bitiklari 2005-yilda olib borilgan taʼmirlash natijasida bitilgan. Xattot Islom Mamatov eskizlari natijasida 2005-yilda masjid qayta taʼmirlangan[1]. Masjid ichkari qismida mehrob boʻlib, Qur’oni Karimning „Baqara“ surasining 255-257-oyatlari ganchda oʻyib bitilgan. Mehrob yuqorisida esa „Mulk-Xudoniki“ kalimasi kufiy xatida takroriy keltirilgan. Ikki yon tomonida esa oʻng tomonida „Alloh, ulugʻligi ulugʻ boʻlsin“, chap tomonida esa „Muhammad, unga Allohning salovati va salomi boʻlsin“ kalimalari suls xatida yozilgan[2]. Mehrob tomondagi devorda ikki tomonda kitobalar boʻlib, suls xatida „al-Asmo ul-husno“ — „Allohning goʻzal ismlari“ ganchda oʻyib bitilgan[3]. Masjid gumbazi oraligʻidagi devorlar qismlarida Qur’oni Karimning „Baqara“ surasi 284-286-oyatlari suls xatida bitilgan[4]. Shayx Gadoy Serkun masjidi xonaqohi katta gumbazli va toʻrtta ustundan iborat. Masjid maydoni esa 325 m. kv.dan iborat, ayvonida 13 ta ustun mavjud[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 343.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 345.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 346.
  4. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 347.
  5. „“Шайх Гадой Селкин” жомеъ масжиди“. hazratnavoi.uz. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навойи. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376 bet. ISBN 978-9943-4509-5-0. 


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]