Shaxsiy mulk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shaxsiy mulk — bu fuqarolar mulki boʻlib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila aʼzolarining mehnati asosida koʻpayadi va rivoj topadi.

Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, oʻz xoʻjaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va koʻpayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.

Shaxsiy mulk obʼektlari — bu turar joylar, bogʻ-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamgʻarmalari, uy-roʻzgʻor va shaxsiy isteʼmol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xoʻjalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar boʻlishi mumkin.

„Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida“gi qonunda koʻrsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xoʻjalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila aʼzolarining mulki boʻlishi mumkin. Shaxsiy mulk obʼektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yoʻlida ishlatilishi mumkin.

Shuningdek qarang[tahrir]

Xususiy mulk