Shahriyor Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulton Shahriyor Mirzo
forscha: شهریار میرزا
 Boburiylar imperiyasi podshohi (de-fakto)
Mansab davri
28-oktyabr 1627-yil – 23-yanvar 1628-yil
Oʻtmishdoshi Jahongir
Vorisi Shoh Jahon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-yanvar 1605-yil
Agra
Vafoti 23-yanvar 1628-yil(1628-01-23)
(23 yoshda)
Lohur
Turmush oʻrtogʻi Mehrunniso begim (Bonu begim)
Onasi Jagat Gosain
Otasi Jahongir
Dini islom
Dafn etilgan joyi Lohur
Mansubligi Temuriylar

Salafuddin Muhammad Shahriyor (forscha: شهریار میرزا 1605-yil 6-yanvar — 1628-yil 2-yanvar), Shahriyor Mirzo nomi bilan mashhur boʻlib, Boburiy imperatori Jahongirning beshinchi va kenja oʻgʻli. Jahongir vafotidan so‘ng Shahriyor imperator bo‘lishga urinib ko‘radi, uni taʼsiri kuchli va qudratli o‘gay onasi, qaynonasi Nur Jahon qo‘llab-quvvatlaydi. Shahriyor 1627-yil 7-noyabrdan — 1628-yil 19-yanvargacha Lahorda joylashgan hokimiyatni amalga oshirgan boʻlsa-da, taxtga oʻtirgandan soʻng Shoh Jahon nomi bilan mashhur boʻlgan akasi Xurramning buyrugʻi bilan oʻldirilgan. Shahriyor beshinchi Boburiy imperatori boʻlishi mumkin edi, lekin uni odatda Boburiy imperatorlari roʻyxatiga qoʻshilmaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahriyor 1605-yilda bobosi imperator Akbar vafotidan bir necha oy oldin tugʻilgan. Onasi kanizak Jagat Gosain boʻlgan[1].

Jahongir hukmronligining 16-yilida Shahriyor o‘gay onasi Nur Jahonning qizi Mehrinniso Begimga uylanadi va uning xotini birinchi nikohida Sher Afg‘onga turmushga chiqqan. Shahriyor va Mehrinnisoning Arzani Begim ismli qizi boʻlgan[2][3].

Nur Jahonning iltimosiga koʻra, Jahongir tomonidan unga Dholpur parganasi va qal’asi berildi, ammo yana ushbu qalʼaga shahzoda Xurram ham daʼvogar boʻlgan. Shahriyor unga afgʻon Daryoxonni rahbar etib tayinlaydi. Bu esa Nur Jahon tomonidan tayinlangan Sharif ul-Mulk bilan toʻqnashuvga olib kelgan, u Shahriyor va Daryoxonning xizmatkori boʻlgan. Sharif ul-Mulk qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib kelib, oʻzini qoʻrgʻonga majburan boshliq etib belgilagan[4].

1625-yil 13-oktabrda Jahongir Shahriyorni Thattaga hokim etib tayinlaydi. Sharif ul-Mulk shahzoda noibi sifatida boshqaruvni amalga oshirgan.

Hukmronligi (1627-1628)[tahrir | manbasini tahrirlash]

1627-yil 28-oktabrda otasi Jahongir vafotidan so‘ng Shahriyor Nur Jahon xohlaganidek, Boburiylar taxtiga o‘tirgan, lekin atigi uch oy taxtda boʻladi. Oʻsha paytda Lahorda boʻlganligi sababli, u darhol imperator xazinasini qoʻliga olgan va taxtni saqlash taʼminlash eski va yangi zodagonlar oʻrtasida 70 lakh rupiydan ortiq taqsimlab bergan. Imperator vafotidan soʻng, marhum shahzoda Doniyolning oʻgʻli Mirzo Boysungʻur Lahorga qochib, Shahriyorga qoʻshilgan.

Koʻp oʻtmay, Lahor yaqinida Shahriyor qoʻshinlari Osifxon (Mumtoz Mahalning otasi) bilan toʻqnashadi va bu payt Davar Baxsh Shoh Jahon foydasiga taxtni saqlab qolish uchun Agra yaqinida oʻzini imperator deb eʼlon qilgan. Shahriyor jangda mag‘lub bo‘lib, qal’aga qochib ketgan. Ertasi kuni ertalab Davar Baxshning oldiga keltirilgan, uni qamab va ikki-uch kundan keyin Osifxon tomonidan ko‘r qilingan. Shu bilan uning qisqa hukmronligi fojiali yakunga yetgan. Aytishlaricha, Shahriyor ham moxov kasalligiga chalingan bo‘lib, butun sochlari, qoshlari va kipriklari to‘kilib ketgan[5].

Shahriyor Mirzo shoir sifatida

Shahriyor ham barcha boburiy shahzodalari singari sheʼriyatdan saboq olgan va umrining oxirlarida ko‘r bo‘lib qolgach „Bi Gu Kur Shud didahi Aftob“ nomli taʼsirli sheʼr yozgan[6].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hijriy 1037-yil (1628-yil) 2-jumodilavvalda Shoh Jahon Lahorda taxtga oʻtirgan. Hijriy 26-jumodilavvalda, milodiy 1628-yil 23-yanvarda Davarning buyrugʻi bilan, ukasi Garshasp, shahzoda Doniyolning oʻgʻillari Tahmuras va Hoshang Osifxon tomonidan oʻldirilgan[7][8].

Oʻlimidan soʻng[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahriyor vafotidan so‘ng Shoh Jahon imperiyani Avrangzeb uy qamogʻiga tashlagunga qadar o‘ttiz yil davomida boshqargan.

Osifxon Boburiylar imperiyasining bosh vaziri etib tayinlangan, Nur Jahonga yiliga ikki million rupiy nafaqa tayinlanib, qolgan kunlarini qizi Mehrinniso Begim bilan Lahordagi saroyida oʻtkazadi[9]. Nur Jahon 1645-yilda 68 yoshida vafot etadi[10].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sarkar, Kobita. Shah Jahan and His Paradise on Earth. Agra, India: K.P. Bagchi & Company, 2007 — 16–17 bet. 
  2. The Grandees of the Empire — Jahángír’s children, Sultan Shahryar Ain-i-Akbari, by Abul Fazl, Volume I, Chpt. 30.
  3. Ali Q Ain-i-Akbari, by Abul Fazl, Volume I, chpt. 310, „'Alí Q.'s daughter, who, like her mother, had the name of Mihrunnisa, was later married to Prince Shahryar, Jahangir’s fifth son.“.
  4. Dholpur The Riyazu-s-Salatin (Gardens of the Sultans), a History of Bengal, by Ghulam Husain Salim ‘Zayadpuri’. 1787-8.
  5. Proceedings of the Asiatic Society of Bengal, By Asiatic Society of Bengal, Asiatic Society (Calcutta, India). Published 1868. p. 218.
  6. Dictionary of Indo-Persian Literature, by Nabi Hadi, page 554.
  7. Death of the Emperor (Jahangir) The History of India, as Told by Its Own Historians. The Muhammadan Period, Sir H. M. Elliot, London, 1867-1877, Vol 6.
  8. Shahryar Nur Jahan: Empress of Mughal India, by Ellison Banks Findly, Oxford University Press US, page 275-282, 284, „23 January…“.
  9. Noor Jahan (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan) University of Alberta.
  10. Shah Jahan britannica.com.