Chavk masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Chavk masjidi
bengalcha: চকবাজার শাহী মসজিদ
Yon tomondan koʻrinishi
Mamlakat  Bangladesh
Shahar Dakka
Koordinatalar 23°42′58″N 90°23′45″E / 23.7160°N 90.3957°E / 23.7160; 90.3957 G OKoordinatalari: 23°42′58″N 90°23′45″E / 23.7160°N 90.3957°E / 23.7160; 90.3957 G O
Meʼmoriy uslub Boburiylar meʼmorchiligi
Asosiy sana:
1664-yil
Hajmi 10000 kishilik
Gumbazlar soni 3
Minoralar soni 2 ta katta, 8 ta kichkina

Chavkbazar Shohi masjidi (bengalcha: চকবাজার শাহী মসজিদ) shuningdek, Chavk masjidi nomi bilan ham tanilgan – Bangladeshning Dakka shahridagi eski shahar Chovk bozori hududida joylashgan masjid[1]. Masjid 1664-yilda Subahdar Shoistaxon tomonidan qurilgan[2]. Masjid Subahdar Shoista Xon tomonidan asos solingani uchun Shohi masjidi nomi bilan mashhur. Masjid baland platforma ustida qurilgan. Platforma ustidagi uchta gumbazli masjid hozirda koʻp qavatli binoga aylantirilgan. U dastlab Buriganga daryosi yaqinida joylashgan Mitford kasalxonasi majmuasidagi Shoista Xonning yana bir uchta gumbazli masjidining nusxasi boʻlgan. Imom va madrasa talabalari uchun bir nechta kvadrat shakldagi xonalar qurilgan. Bugungi kunda asl bino dizayni koʻplab taʼmirlash ishlari va kengaytmalar tufayli oʻzining asl koʻrinishini yoʻqotgan. Masjid kamalak minorasining mavjudligi bilan ajralib turadi.

2019-yil may oyidagi masjidning ichki qismining holati

Interyeri va tashqi dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uch gumbazli namozxona atrofidagi sayr qilish joyi, oʻqish uchun alohida inshoot boʻlmaganligi sababli, ochiq havoda darslar oʻtkazish uchun foydalanilgan, platforma ostidagi devorlariga kitob javonlari oʻrnatilgan gumbazli xona turar joy uchun moʻljallab qurilgan boʻlishi mumkin. Bu yerda tahsil olgan talabalar shu xonalarda yashashgan. Shu nuqtai nazardan Chavk masjidiga turar joy madrasa masjidining birinchi mashhur namunasi sifatida ham qaralishi mumkin.

Bu noanʼanaviy ikkita inshoot – madrasa va masjidni bitta binoga joylashtirish usuli, nafaqat joyni, balki katta miqdordagi mablagʻni ham tejagan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eshik yuqorisida fors tilidagi yozuvda qayd etilganidek, qurilish 1664-yilda amalga oshirilgan. Yozuvda loyiha Subahdar Shoista Xonga tegishli ekanligi aytilgan. Hozirgacha maʼlum boʻlgan bu masjid Bengaliyadagi musulmon arxitekturasi tarixidagi baland gumbazli platformada qurilgan eng qadimgi masjid hisoblanadi. Uning meʼmoriy dizayni, ehtimol, Tugʻloq arxitekturasi taʼsirida yaratilgan boʻlishi ham mumkin; Xirki masjidi yoki Dehlidagi Kalan masjidi ham shunday tarzda bunyod etilgan. Ushbu tuzilma taʼsirida Dakka va Murshidobodda boshqa masjidlar qurilgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. MA Bari, Chawk Mosque (Dhaka), Banglapedia: The National Encyclopedia of Bangladesh, Asiatic Society of Bangladesh, Dhaka, Retrieved: 2012-09-18
  2. 2,0 2,1 Husain, A. B. (2007). Architecture – A History Through Ages. Dhaka: Asiatic Society of Bangladesh (page 287).
  3. Karim, Abdul. (1992) Corpus of the Arabic and Persian Inscriptions of Bengal. Dhaka: Asiatic Society of Bangladesh (page 469).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mamun, M. (1993). Dakka-Smriti Bismritir Nogori. Dakka: Anannya (78-bet)
  • Husain, AB (2007). Arxitektura – asrlar osha tarix. Dakka: Bangladesh Osiyo jamiyati (287-bet)
  • Karim, Abdul. (1992) Bengaliya arab va fors yozuvlari korpusi. Dakka: Bangladesh Osiyo jamiyati (469-bet)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]