Semizoʻt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Semizoʻt (Portulaca oleracea L.) — semizoʻtdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi seret, yotib, baʼzan tik ham oʻsadi. Barglari mayda, etli, silindrsimon, toʻpbarg hosil qiladi. Gullari sariq, oddiy yoki gultojibarglari qatqat. May — noyabrgacha gullaydi, mevalaydi. Bir tupi 50—75 minggacha urugʻ beradi. Oʻrta Osiyoda sugorma dehqonchilik zonalarida koʻp tarqalgan. Namgarchilik yuqori boʻlganda chirindiga boy yerlardagi ekinzorlarda osadi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]