Sayyid ota masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayyid Ota masjidi
Muqobil nomlari Dehi baland masjidi

Umumiy maʼlumot
Turi masjid
Shahar Navoiy
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XV asr
Qurilishi tugagan XX asr boshlari
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Sayyid Ota masjidi (Saidato masjidi) — Navoiy viloyati, Nurota shahrida joylashgan yodgorlik.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid XV asrda qurilgan va XX asr boshlarida Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi davrida Eshon Sudur Tursunxoʻja tomonidan 1905—1910-yillar[1]da qayta qurilgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Sayyid Ota masjidi ikki tomonlama ayvon va namozxonadan iborat. Masjid naqshlar bilan bezatilgan boʻlib, ichki qismida ham ustunlar mavjud. Masjid toʻrt ustunli boʻlib, bir tomoni lavha shaklida qilingan. Ustunda Qur’oni Karimning „Fath“ surasi nasxi buxoriy xatida qora rang bilan keltirilgan. Lavha oxirida esa nastaʼliq xatida taʼrix yozilgan[2].

Ustundagi bitikda shunday yozilgan: „Tarixning 1341-yil Safar oyida (1922-yil sentabr-oktabr) Sayyid Tursunxoja sudur saʼyi-harakati va mablagʻiga taʼmirlandi. Usto Shamsning ishi. Xatni Navoiyning imomi Mirzo Barot yozdi[3]“. Ustunlarning shimol tomonidagisining yuqori qismida ikkita usta nomi keltirilgan. Ustun pastki qismida esa sheʼr yozilgan. Ushbu sheʼr nastaʼliq xatida yozilgan boʻlib, taʼmirlash paytida koʻp yozuvlari boʻyab tashlangan va hozirda koʻpchilik yozuvlar oʻqib boʻlmaydigan holatga kelgan[4]. Bir ustunda usta nomi keltirilgan. Unda shunday yozilgan: „Usto Imomning amali. Usta Sulaymoning amali. Bu toʻrt ustun misli baland masjid“[5].

Masjid hovlisida toʻrtburchak kulrang marmar tosh saqlanib qolingan va u masjid devorida boʻlgan. Mazkur bitikda „Alloh“ va „Muhammad“ ismlari va xalifarning nomlari keltirilgan. Bitik pastida esa nastaʼliq xatida fors-tojik tilida masjidning nasriy va nazmiy taʼrixi bitilgan va pastida esa usta nomi keltirilgan[6]. Bitikda shunday yozilgan: „Alloh, Muhammad, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali. Maʼlum boʻlsinki, bu masjidning taʼmiri 1316 (1898—1899) yili tugallandi. Oradan besh yil oʻtib — 1321 (1903—1904) yili uning ganchkorlik va naqsh ishlari Usto Joʻraboy Buxoriyning qoʻlidan chiqdi va chiroyli boʻldi“[7]. Masjid Oʻrta Osiyo uslubida bunyod etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Саидато масжиди“. hazratnavoi.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 183.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 185.
  4. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 186.
  5. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 187.
  6. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 188.
  7. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 189.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376 bet. ISBN 978-9943-4509-5-0. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]