Sanjar Umarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sanjar Umarov
Tavalludi
Sanjar Gʻiyasovich Umarov

1956-yil 7-aprel
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash universiteti
Kasbi siyosatchi, tadbirkor
Otasi Gʻiyas Umarov
Onasi Nabira Shamsyeva

Sanjar Gʻiyasovich Umarov (1956-yil 7-aprelda tugʻilgan[1]) – taniqli oʻzbek siyosatchisi va tadbirkori. Oʻzbekiston respublikasi 1-prezidenit Islom Karimovning avtoritar boshqaruviga qarshi „Serquyosh Oʻzbekistonim“ asosiy partiyasining raisi. 2005-yil oktyabr oyida davlat mablagʻlarini oʻgʻirlashda ayblanib hibsga olinib, uning tarafdorlari siyosiy sabablarga koʻra ayblanmoqda. 2009-yil noyabrgacha qamoqqa olingan. Ozod qilingandan soʻng, AQShga koʻchib oʻtishga ruxsat berilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umarov 1956-yil 7-aprelda Toshkent shahrida, katta ziyolilar oilasida besh farzandning oʻrtancha farzandi boʻlib tugʻilgan. Uning otasi – Gʻiyas Umarov, fizik. Onasi – Nabira Shamsyeva, universitetda ingliz tili oʻqituvchisi. Sanjar Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash universitetida elektrotexnika fakultetida bakalavr darajasini olgan. Shundan soʻng, Moskvadagi Bauman nomidagi texnik universitetida qitʼalararo ballistik raketa boʻyicha texnik boʻlib ishlagan. 1982-yili Toshkent politexnika institutida quyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha dissertatsiya ishini himoya qilgan.

Diplomni qoʻlga kiritgandan keyin, Jazoirning Biskra shahridagi Jazoir universitetida fizika va muhandislik fanlaridan dars bergan. 1988-yilda Oʻzbekistonga qaytib kelib, 1989-yilda O‘zbekistonda birinchi biznes maktabini tashkil etishda ishtirok etadi.

1991-yil fevral oyida AQSh investorlari koʻmagida „Oʻzdunrobita“ telekommunikatsiya kompaniyasiga asos soladi. Uzdunrobita muvaffaqiyatidan soʻng, Oʻzbekistonda yana bir qancha bizneslarni ochgan.

2005-yilda „Serquyosh Oʻzbekistonim“ koalitsiyasiga asos solgan[2]. Erkin savdo va qishloq xoʻjaligi sanoatiga xususiy mulkchilik tarafdori boʻlgan „Serquyosh Oʻzbekistonim“ koalitsiyasi 2005-yil mart oyida iqtisodiy islohotlar tarafdori boʻlgan demokratiya tarafdori tashkilot sifatida paydo boʻladi.

2005-yil oktyabr oyida pullarni oʻzlashtirishda ayblanib, hibsga olingan.

Umarov ustidan sud ishlari 2006-yilning yanvarida boshlangan. 2006-yilning mart oyida esa offshor kompaniyalar orqali pul yuvish, soliqlardan qochish va xorijiy valyutani yashirish bilan shugʻullangan jinoiy guruhga rahbarlik qilganlikda ayblangan. U 14 yilga ozodlikdan mahrum etilib (amnistiya toʻgʻrisidagi kelishuvga koʻra 10 yilga qisqartirilgan), 8 million AQSh dollaridan ortiq jarimaga tortilgan. Soʻng, toʻrt yil davomida Oʻzbekistonning Qizil-tepa qamoqxonasida saqlangan.

Diplomatik bosim natijasida 2009-yil 7-noyabrda ozod qilingan. Ikki haftadan soʻng, 21-noyabrda shanba kuni Germantown, Tennessidagi uyiga qaytadi. Shundan beri AQShda yashab kelmoqda. Oʻzbekistonda inson huquqlarini ilgari surish yoʻlida „Serquyosh Oʻzbekistonim“ bilan hamkorlikni davom ettiradi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. UMAROV Sanjar Gʻiyasovich
  2. Sanjar Umarov: AQSh Oʻzbekistonda avvalo yosh avlodni quvvatlashi kerak
  3. Umarov, Sanjar. „Umarov: My Vision for Uzbekistan“. Sharnoff's Global Views (2013-yil 17-may). 2016-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]