Oʻzbekistonda inson huquqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekistonda inson huquqlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18–46-moddalarida mustahkamlangan.

Human Rights Watch xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkiloti 2014-yilda eʼlon qilgan hisobotida Oʻzbekistondagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyatni „abgor“ deb atagan[1]. Tashkilot hisobotida yozilishicha, Oʻzbekiston BMT inson huquqlari mexanizmlari bilan eng oz hamkorlik qiladigan davlatlardan biri boʻlib, 2000-yillar davomida BMTning inson huquqlari boʻyicha 11 ekspertining hech birini mamlakatga kiritilmagan, berilgan barcha tavsiyalar esa rad etilgan[2].

AQSh davlat departamenti 2006–2017-yillarda eʼlon qilgan hisobotlarining barchasida din yoki eʼtiqod erkinligining buzilishlari ortidan Oʻzbekistonni alohida xavotir uygʻotuvchi davlat deb taʼriflagan[3]. 2018-yilda eʼlon qilgan hisobotida esa mamlakatni birinchi marta alohida xavotir uygʻotuvchi davlat emas deb tasvirlagan[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „World Report 2014: Rights Trends in World Report 2014: Uzbekistan“ (inglizcha). Human Rights Watch (2014-yil 2-yanvar). 2019-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  2. „World Report 2015: Uzbekistan“,World Report 2015: Uzbekistan - Events of 2014. Human Rights Watch, 8 January 2015. 
  3. United States Department of State: International Religious Freedom Report 2008: (Wayback Machine saytida 2017-10-02 sanasida arxivlangan) Executive Summary.
  4. „Secretary of State Michael R. Pompeo at the Release of the 2018 Annual Report on International Religious Freedom“ (inglizcha). AQSh davlat departamenti (21-iyun 2019-yil). 17-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]