Samara metropoliteni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samara Metropoliteni - (rus.Самарский Метрополитен). Rossiya Federatsiyasining Samara shahrida joylashgan metropoliten. 9 ta stansiyasi mavjud, ulardan sakkiztasi yer osti tunnel, bittasi yer usti stansiya. Hozirgi paytda metropoliten 1 ta uzunligi 11,4 kilometrli liniyadan iborat.

Samara Merropoliteni ramzi

Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Shahar Samara
Ochilgan sanasi 1987-yil, 26-dekabr
Uzunligi 11,4 km
Stansiyalari soni 9 ta
Liniyalari soni 1 ta
Yoʻlovchi tashish (kuniga) 44.300 kishi (2012)
Yoʻlovchi tashish (yiliga) 1.623.000 kishi (2012)

Tarixi[tahrir]

1977-yili "SSSR Vazirlar Kengashi" Kuybishevda (hozirgi Samara) metropoliten qurilishini maʼqulladi. Proekt "Metrogiprotrans" institutiga topshirildi. 1980-yil sentyabrda qurilish boshlandi va 1987-yili metropoliten rasman ishga tushdi. Samara Metripoliteni Rossiya metropolitenlari ichida 5-chi, SSSR metropolitenlari ichida 12-chi boʻldi (bundan oldin SSSRda metropoliten Moskvada, Leningradda, Kiyevda, Xarkovda, Tbilisida, Yerevanda, Bokuda, Toshkentda, Minskda, Gorkiyda va Novosibirskda mavjud edi).

Samara Metropoliteni xaritasi
Metropoliten jetoni

Samara Meropoliteni stansiyalari[tahrir]

Yoʻl Qurilish tugallangan sana Uzunligi (km)
Yungorodok-Pobeda 1987.26.12 4,5
Pobeda-Sovetskaya 1992.31.12 1,6
Sovetskaya-Sportivnaya 1993.25.03 1,4
Sportivnaya-Gagarinskaya 1993.30.12 1,5
Gagarinskaya-Moskovskaya 2002.27.12 1,3
Moskovskaya-Rossiyskaya 2007.26.12 1,1
Umumiy: 9 ta stansiya --- 11,4 km

Stansiyalar roʻyxati

  • «Yungorodok»
  • «Pobeda»
  • «Sovetskaya»
  • «Sportivnaya»
  • «Gagarinskaya»
  • «Moskovskaya»
  • «Rossiyskaya»