Nijniy Novgorod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nijniy Novgorod (1932-90 yillarda Gorkiy) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Nijniy Novgorod viloyati markazi. Oka daryosining Volgaga quyilish joyida. Yirik dare porti, temir yoʻl tuguni. Axolisi 1367,6 ming kishi (1998). Mashinasozlik va metallsozlikning (avtomobilsozlik, stanoksozlik, "Metallist" va boshqa ishlab chiqarish birlashmalari, "Krasnoye Sormovo", dizelsozlik, aviasozlik, aloqa apparaturasi, televizor va boshqa zavodlar) yirik markazi. Qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, kimyo-farmatsevtika, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. 1985 yildan metropoliten ishlab turibdi. 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 5 teatr, badiiy, M. Gorkiy, N. A. Dobrolyubov muzeylari, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona bor. Shaharga 1221 yilda asos solingan. 1341—92 y.larda Nijniy Novgorod Suzdal knyazligining poytaxti. 1611—12 yillarda Nijniy Novgorodda K.M. Minin va knyaz D.M. Pojarskiyning xalq lashkari tuzilgan. Nijniy Novgorod 1719 yildan gubernya markazi. 19—20-asr boshlarida Nijniy Novgorod ulgurji bugʻdoy savdosining muhim savdo-moliya markazi. Shaharda podsho Rossiyasi davridan deyarli har yili yarmarka oʻtkazilib kelinmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Kreml (16—17-asrlar), Blagoveshchensk monastiri (17-asr), Pechyora monastiri (17-asr), Smolenskaya (17-asr oxiri) va Rojdestvenskaya cherkovlari saqlangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil