Rangontogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

RangontogʻTojikiston Respublikasining jan.gʻarbidagi togʻ tizmasi. Qorategin va Oqtogʻ tizmalari orasida joylashgan. Rasht (Qorategin) vodiysi va Yovon vohalarini bir-biridan ajratib turadi. R. jan.gʻarbdan shim.sharqqa 70 km masofaga kamon shaklida choʻzilgan. Eng baland joyi 1895 m (XoʻjaZarang). Asosan, gil, qumtosh, ohaktoshlardan tarkib topgan. R.dan Yovonsuv, Tersoqarsuv, Qaramandisuv va Shoʻrtansuv kabi sersuv soylar oqib tushadi. Tizmaning sharqiy qismida Zardoli dovoni (balandligi 1610 m) joylashgan boʻlib, dovondan Dushanba — Yovon, Dushanba — Norak, Dushanba — Koʻlob magistral yoʻllar oʻtadi. R. etaklarida asosan, oʻzbek millatining laqay elati vakillari istiqomat qiladi. 1920—31 yillarda, bolsheviklar bosqini davrida R. tizmasi Ibrohimbek va uning qurolli guruhi uchun muhim strategik hudud hisoblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil