Qozi Aʼzuddin Kasbaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozi Aʼzuddin Kasbaviy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir,qozi

Qozi Aʼzuddin Kasbaviy(arabcha:قاضي عز الدين قصبوي — Qozi Aʼzuddin Kasbaviy (XVI asrda yashagan)) — Shoir va Qozi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozi Aʼzuddin Kasbaviy Kasbida qozilik qilgan, oʻz davrining ilgʻor fikrli, bilimdon shaxslaridan biri boʻlgan. Qozi Aʼzuddin Kasbaviy haqida „Muzakkiru-l-ahbob]]“da shunday satrlarni oʻqiymiz: "Kasbi — Nasaf viloyatining nohiyalaridan boʻlib, qozi Aʼzuddin oʻsha oʻlkaning amaldor kishilaridan hisoblanadi. Hammaga yoqqan xulq-atvor va xush amallar ziynati bilan bezangandir. Ilmu fazilatlarni toʻla egallagan. Tabʼi ham yaxshi. Qozi Aʼzuddin Kasbaviyning „Al-jadalu-l-hasan“ („Yax­shi bahs-­munozara“) boʻyicha asar yozgan. Shuningdek, uning „Kitob fi usuli-l-fiqh“ („Fiqh usuli (metodologiyasi) boʻyicha kitob“), „Sharhu-r-risola\\“ („Risola sharhi“) asar bor. Muammo sohasidagi bilimlarni ham yaxshi oʻzlashtirgan. Latif muammolari bor Janob Sayid Mirzoning vafoti taʼrixini juda yaxshi aytgan. Taʼrix (hijriy 973-yil).[1]

Dilo, zi gardishi garduni dun chi metalabi,
Ki kori u hama rev astu rangi bulajabe.
Figʻonu nolan mardum guzasht az garduya,
Ki raft mufxari avlodi saʼyidi arabi.
Chi faxri oli nabi bud on yagonai asr,
Az on sabab shuda torix „faxri oli nabi“

Mazmuni: Ey dil, bu pastkash gardishi davrondan ne talab qilursan, uning bari ishi makru hiyla va nayrang. Odamlarning figʻonu nolasi bu yerdan koʻk burjiga yetdi. Chunki bugun arabiy sayyid avlodining iftixori bizni tashlab ketdi. Ul asr yagonasi paygʻambar oilasining faxri edi. Shu sababli tarix ham „paygʻambar oilasining faxri“ boʻldi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Al-jadalu-l-hasan“,  
„Ki­tob fi usuli-l-fiqh“, 
„Sharhu-r-risola“.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammadiyev N. Nasaf va Kesh allomalari. — B. 74.