Qoʻshoyoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻshoyoqlar, qoʻshoyoqsimonlar — kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. 14 urugʻi, 30 turi maʼlum. Yevrosiyo, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Tanasining uz. 5—26 sm; dumi tanasidan uzun, uchida bir tutam tuki bor. Orqa oyoqlari oldin-gisiga nisbatan 3—4 marta uzun, 1-va 5-barmoqlari qisqargan yoki butunlay yoʻq. Keyingi 2 oyogʻida sakrab harakat qiladi. 3 m gacha uzunlikka sakraydi. Iliq va issiq mintaqalardagi dasht, choʻl va chala choʻllarda, togʻlardagi ochiq landshaftlarda yashaydi. Yidda 2 martda 1—8 tadan bolalaydi. Hamma Q. qishki uyquga kiradi. Tunda yoki oqshomda faol. Oʻsimlikning yer ostki qismi, urugʻlari, baʼzan hasharot va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Oʻrta Osiyoda mitti Q., katta Q., seversov qoʻshoyogʻi, yemuranchik qoʻshoyoq, jun-oyoqli Q., turkman qoʻshoyogʻi, taroq-barmoqli Q. va boshqa tarqalgan.