Qoʻshilgan qiymat soligʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻshilgan qiymat soligʻi - umumdavlat soliq turi; i.ch. va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi M.Lore tomonidan 1954 y.da taklif qilingan, 1960 y.da Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992 y.dan boshlab qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Q.q.s. solinadigan obʼyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha Q.q.s.ga tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi.

Q.q.s.ga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obʼyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Mas, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, i.t., konstruktorlik, texnolo-gik, qayta taʼmirlash va b. shunga oʻxshash ishlar qiymati Q.q.s.ga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida baja-rilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va b. xizmatlar qiymati shu soliq obʼyekti boʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni Q.q.sga tortishda uning obʼyekti joʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Q.q.s. asosan, 20,0% li stavka boʻyicha un-diriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Q.q.s kamayti-rilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Q.q.s boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun Q.q.sni toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan tovarlar boʻyicha Q.q.s bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida toʻlanadi.

Q.q.sni undirish va toʻlash tartibqoidalari Oʻzbekiston Respublikasining "Soliq kodeksi" (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi.

Shuhrat Toshmatov, Muhammadjon Nigʻmatov.