Poyi Ostona madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Poyi Ostona madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Poyi Ostona madrasasi Poyi Ostona guzarida joylashgan bo‘lib, 7 ta hujrasi bo‘lgan. Bu guzar Buxoroning savdo markazlaridan biri bo‘lgan. Ayniqsa, bu yerda bo‘yoq savdosi qizigan. Madrasa faoliyatiga doir bitta hujjat aniqlangan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida Poyi ostona masjidi hujralari mudarrisi mulla Shahobiddin Badalbek nav madrasasiga yuboriladi va uning bo‘sh qolgan o‘rniga Sarrajon guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Qosim tayinlangan. Maoshi 30 tilla bo‘lgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 397.