Polandball

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tipik Polandball tasviri, internet foydalanuvchisi chizgan.

Polandball (ingl. Poland — Polsha va ball — „toʻp“, „yumaloq“) yoki countryball (country — „mamlakat“) foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan internet-memdir. Olmon imageboardi Krautchan.net saytida, /int/ boʻlimida 2009-yil ikkinchi yarmida paydo boʻlgan. Mem koʻplab internet-komikslarga asos boʻlib, ularda mamlakatlar shaxslantiriladi, bir-biri bilan buzuq inglizchada gaplashib, milliy stereotip va xalqaro aloqalar hajv etiladi.

Tarixi[tahrir]

Polandball komiksiga misol. Estoniya va skandinav mamlakatlar haqida.

Polandball 2009-yil avgustda drawball.com saytida polshalik Internet foydalanuvchilar bilan boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilar orasida boʻlib oʻtgan „kiber urush“dan keyin tugʻilgan. Saytda foydalanuvchilar istagan narsani chiza olishadi. Boshqalar chizgan tasvirlarni ham oʻzgartira olishadi. Polyak Internetchilar orasida koptok ustiga Polshaning bayrogʻini chizish fikri paydo boʻladi. Minglagan polyaklar qizil rang ustini oq rang bilan boʻyashadi va rasm oʻrtasiga „POLSKA“ deb yozishadi. Bunga javoban 4chan imageboardi aʼzolari rasm ustidan fashistlarning belgisi boʻlmish svastika chizishadi.[1][2]

Krautchan.net olmon imageboardi boʻlib, uning /INT/ boʻlimiga inglizcha gapiruvchi netizenlar kirib turishadi. Polandballni Britaniyalik Falco boshlagan deyishadi. Memni Falco 2009-yil sentabrda chala inglizchada hissa qoʻshuvchi polyak Wojakni troll qilish uchun MS Paint yordamida yaratadi. Bundan keyin ruslar Polandball rasmlarini faol chiza boshlashadi.[1][3][4]

Mavzular[tahrir]

Polandball 2010-yil Smolenskda sodir boʻlgan Polsha prezidenti Lech Kaczyński halok boʻlgan aviahalokatdan keyin mashhur boʻldi. Polandball polyak megalomaniya va milliy komplekslarni e'tiborga olib,[2]mamlakatning tarixini, tashqi ishlarini va stereotiplarini tasvirlaydi[3][5] Countryballar orasidagi suhbatlar odatda buzuq inglizchada va Internet slengda yoziladi, Lolcat memiga oʻxshab. Odatda komikslarda polsha bayrogʻidan farqli oʻlaroq qizil rang atayin oq rang ustida chiziladi. Komikslarda Polandball odatda yigʻlayogan qilib tasvirlanadi.[1][2]

Baʼzi Polandball komikslari Rossiya fazoga ucha olishi, ammo Polsha ucha olmasligiga asoslangan. Mashhur Polandball komikslarining birida Yerga ulkan meteorit kelib uriladi. Fazo texnologiyasi bor mamlakatlar yerni tark etishadi va planetaning orbitasiga chiqishadi. Komiks soʻnggida hali ham yerda qolgan Polsha yigʻlab mashhur „Poland cannot into space“ („Polsha fazoga olmaydi“) jumlasini aytadi.[3]

Shu xajviy yoʻlda ruslar qaysi mamlakat ustunligi haqidagi munozarani toʻxtatib qoʻyishdi.[1][3][5] Yana bir tarixiy-satirik Polandball komiksida Polsha boshqa mamlakatlarni zeriktirayotgani tasvirlangan. Polsha „So when we crushed Russia and the turks [sic] were were the biggest country in the worl… and…“ („Biz Rossiyani abjagʻini chiqarganimizda turklar dunyodagi eng katta mamlakat edi… va…“) deydi. Buni eshitib boshqa countryballar kuladi. Polshaning jahli chiqib kurwa deydi va „Internet serious business“ („Internet jiddiy ish“) degan yozuvni koʻtaradi. Bu yozuv internet slengida mavzularni mensimaganlar ustidan kulish uchun ishlatiladi. Komiks odatdagidek Polshaning yigʻlashi bilan yakunlanadi.[1][2][6]

Boshqa countryballar[tahrir]

Britaniya Polandball stilida

Boshqa mamlakatlar haqida ham Polandball komikslar bor. Ammo odat boʻyicha ular ham „Polandball“deb ataladi.[1] Aslida ularni „countryballs“ deb atasa boʻladi.[4] Lurkmore.toga koʻra, Bavariyaning oʻz koptogi bor. AQSh shtatlari, Sibir va boshqa joylar uchun ham koptoklar yaratilgan. Singapur uchburshak shaklida boʻlib, uning koptogi „Tringapore“ deb ataladi; Isroil giperkub shaklidagi koptokka ega; Qozogʻiston gʻisht shaklidadir; Buyuk Britaniya boʻlsa shlyapa kiygan va monokl taqqan qilib tasvirlanadi.[7]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Orliński, Wojciech (16 January 2010). "Wyniosłe lol zaborców, czyli Polandball" (Polish). Gazeta Wyborcza. http://wyborcza.pl/1,86116,7462232,Wyniosle_lol_zaborcow__czyli_Polandball.html. Qaraldi: 25 March 2012. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Zapałowski, Radosław (15 February 2010). "Znowu lecą z nami w... kulki" (Polish). Cooltura. http://www.elondyn.co.uk/newsy,wpis,7731. Qaraldi: 22 March 2012. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Kapiszewski, Kuba (13/2010). "Fenomem - Polska nie umieć kosmos" (Polish). Przegląd. http://www.przeglad-tygodnik.pl/pl/artykul/fenomem. Qaraldi: 26 March 2012. 
  4. 4,0 4,1 Polandball. Knowyourmeme. 26 March 2012.
  5. 5,0 5,1 Cegielski, Tomek (12 April 2011). "MEMY. Legendy Internetu" (Polish). Hiro.pl. http://hiro.pl/magazyn/magazyn_zjawiska/memy.html. Qaraldi: 24 March 2012. 
  6. Polandball cartoon. Unknown (Unknown). 26 March 2012.
  7. Int (Russian). Lurkmore.to (26 December 2011). 27 March 2012.

Havolalar[tahrir]