4chan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
4chan
4chan.png
4chan front page.png
4chan bosh sahifasi (3-avgust, 2008)
URL http://www.4chan.org/
Tijoratmi? Ha
Sayt turi Imageboard
Roʻyxatdan oʻtish Yoʻq
Qaysi tillarda Inglizcha
Egasi "moot"
Ochilgan sanasi 1-oktabr, 2003[1]

4chan inglizcha imageboardlardan tarkib topgan saytdir. Yaponcha Futaba Channel degan saytg asoslanib yaratilgan. 2003-yili 1-oktabrda ishga tushirilgan bu sayt avvalboshda asosan anime va mangaga oid bahslashuvlar uchun moʻljallangan edi. Hozirda esa saytning mashhurligi keskin koʻtarilib (bir vaqtning oʻzida 20 mingdan ortiq odam kiradi), muloqot mavzulari turli-tuman boʻlib ketgan. Saytda roʻyxatdan oʻtish talab etilmaydi, xabarlar anonimlarcha yoziladi.

Tarixi[tahrir]

4chan Nyu-Yorklik "moot" (mut) laqabli 15-yashar talaba tomonidan 2003-yil oktabrida ishga tushirilgan. Mootning asl ismi noaniq, baʼzi manbalarda Christopher Poole (Kristofer Pul), deb koʻrsatiladi.[2]

Tuzilishi[tahrir]

4chan 35 ta imageboard (tasvir taxtasi), 19 ta textboard (matn taxtasi), bitta oekaki va bitta flash taxtalaridan iborat. Har bir taxtaning qisqa nomi bor, masalan /a/ — anime, /mu/ — musiqa uchun va hk. Ulardan eng mashhuri /b/ (random; tasodifiy, aralash-quralash) taxtasidir. Qatʼiy qoidalardan xoli /b/ taxtasida koʻplab internet-memlar tugʻilgan.[3][4]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]