Pokiston turizmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Badshahi masjidi

Pokistonda turizm mamlakat byudjetining asosiy qismini tashkil etadi[1]. Turizm industriyasi ham pokistonliklar, ham xorijlik mehmonlarga xizmat qiladi. Tarixiy yodgorliklar, Arab dengizining goʻzal plyajlari, tibbiy kurortlar, qadimiy yodgorliklar, islomiy ziyoratgohlar va boshqa koʻp narsalar Pokistondagi turizmi rivojlanishi uchun qulay shart sharoitlar yaratib bergan. 2009-yilda mamlakatga 855 ming mehmon tashrif buyurga (bu 1998-yilga nisbatan 2 barobar koʻp deganidir)[2].

Diniy turizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har yili dunyoning turli burchaklaridan minglab ziyoratchilar Pokistonga tashrif buyurishadi. Vazir Xon masjidi, Badshahi masjidi, Inju masjidi musulmonlarni oʻziga jalb qiladigan muhim ziyorat turizmi obyektlari hisoblanadi. Bundan tashqari, dunyodagi eng katta masjidlardan biri Faysal Islomobodda joylashgan.

Viloyatlar boʻyicha turizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozod Kashmir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kashmirning tabiat manzaralari

Shtat betakror, yashil va goʻzal togʻ vodiylari bilan ajralib turadi, bu uni subkontinentdagi eng goʻzal mintaqalardan biriga aylantiragan. Kashmir umuman dunyodagi eng goʻzal mintaqalardan biri boʻlsa-da, Ozod Kashmirning Pokiston qismi ham tabiiy goʻzallikka boy boʻlib, u oʻzining goʻzal tabiiy goʻzalligi va hayratlanarli manzarasi uchun koʻpincha „Yerdagi jannat“ deb nomlanadi. Uning qorli choʻqqilari, oʻrmonlari, daryolari, soylari, vodiylari, baxmal yashil platolari ozod Kashmir hududida doimiy mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrifi yil davoida davom etadi.

Balujiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balujiston Eron platosining janubi-sharqiy chekkasida joylashgan hudud hisoblanadi. Bu Pokistonning eng katta viloyati boʻlib, maydoni 347,190 km² ni tashkil etadi, bu mamlakat umumiy maydonining 44 % deganidir. Togʻli relyef va suv yetishmasligi tufayli aholi zichligi juda past. Mintaqa Gvadar va Pasni shaharlari yaqinida ajoyib qumli plyajlarga ega, mashhur sayyohlik diqqatga sazovor joylari Xanna koʻli hisoblanadi

Panjob[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokistonning shimoli-sharqiy viloyati, 1947-yilda Britaniya Hindistonining Hindiston va Pokistonga boʻlinishi natijasida tashkil topgan. Panjobning diqqatga sazovor joylari orasida Shalimar bogʻlari, Lahor qal’asi va Badshaxi masjidi kabi mashhur joylarni misol qilib keltirih mumkin. Viloyat hududida qadimgi Taxila va Xarappa shaharlari xarobalari joylashgan, ushbu tarixiy yodgorliklar Pokiston turizmi uchun muhim obyekt sanaladi..

Sind[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sind Pokistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. Viloyat diniy merosi bilan mashhur va Hind sivilizatsiyasining vatani hisoblanadi. Larkana shahridagi Mohenjo-Daro Janubiy Osiyodagi eng yirik shaharlardan biri boʻlib, YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Xaybar Paxtunxva[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokistonning shimoli-gʻarbiy provinsiyasi hisoblanadi. Safedkoʻx togʻ tizmasidagi mashhur Xaybar dovoni shu yerda joylashgan. Dovonning uzunligi 53 km, eni 15-130 metrni tashkil etadi. Asosiy dovon 1030 m balandlikda joylashgan. Dovon qadimdan Janubiy va Oʻrta Osiyo oʻrtasidagi muhim savdo yoʻli sifatida foydalanib kelingan va katta strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. Oʻtish joyining eng baland nuqtasi Pokistonda, chegaradan 5 km uzoqlikda joylashgan. Dovonning shimolida Kobul daryosi oqib oʻtadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]