Xarappa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XarappaXarappa madaniyati bosh markazlaridan birining xarobasi. Pokistonning Moʻlton viloyatidagi Ravi daryosining eski oʻzani yaqinida joylashgan. 19-asrning 50-yillarida ingliz olimi A.Kanningxem tomonidan ochilgan. Keyinchalik ingliz va xind arxeologlari J. Marshall, E. Makkey, M.Uiler, D.Saxni, R.Banerjilar tadqiq qilganlar. Qishloq 260 ga dan ziyod maydonni egallab, qalʼa va quyi shahar qismidan iborat boʻlgan. Shahar qismi aniq reja asosida qurilgan, u kvartallarga boʻlingan, i.ch., xoʻjalik majmualari (gʻalla ombori, tegirmonlar, quyish ustaxonalari) mavjud boʻlgan. X.dan topilgan boshqa moddiy madaniyat yodgorliklari Xarappa madaniyatining barcha qishloklari uchun ham xosdir.