Pokiston sporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kriket — eng mashhur sport turi

Pokistonda sportni rivojlantirish mamlakat Madaniyat vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Eng keng tarqalgan sport turlari futbol, chim ustidagi xokkey, tennis, stol tennisi, kurash, boks, ogʻir atletika, golf, suzish, skvosh, beysbol va kriketdir sport turlari hisoblanadi.

Polo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polo koʻp asrlar ilgari Oʻrta Osiyoning koʻchmanchi xalqlari orasida paydo boʻlgan, VI asrdan boshlab Eronda keng tarqalgan. Shandur polo turniri har yili iyun oyida Pokiston shimolidagi Chitral va Gilgit shaharlarida boʻlib oʻtadi. Shandur dovoni dengiz sathidan 11 000 fut balandlikda joylashgan boʻlib, musobaqani tomosha qilishni xohlovchi koʻplab sayyohlarni oʻziga tortadi. Mavsumning asosiy turnirlari noyabr oyining boshida Gilgitda va avgust oyining boshida Skarduda shaharlarida oʻtkaziladi. Pokiston polo assotsiatsiyasi mamlakat ichida musobaqalar tashkil qiladi.

Kriket[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatda eng mashhur sport turi bu kriket sanaladi. Pokistonning kriket milliy terma jamoasi dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri boʻlib, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Hindistondan kelgan raqiblari bilan xalqaro musobaqalarda yetakchilik uchun kurashadi. 1992-yilda Pokiston kriket boʻyicha jahon chempionatida gʻalaba qozongan. Kriketning rivojlanishiga rahbarlik qilish va nazorat qilish uchun maxsus milliy qoʻmita tashkil etilgan[1].

Chim ustida xokkey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiada oʻyinlaridan, Pokiston uchun eng muvaffaqiyatlisi — chim ustida xokkey sport turi sanaladi. Pokistonliklar tarixdagi 10 ta Olimpiada medalidan 8 tasini, jumladan, barcha oltin va kumushlarni ham, erkaklar oʻrtasidagi xokkeyda qoʻlga kiritishdi. Pokistonliklar uch marta (1960, 1968 va 1984) Olimpiya oʻyinlari chempioni boʻlishdi, uch marta kumush (1956, 1964, 1972) va ikki marta bronza (1976 va 1992) medallarini qoʻlga kiritishdi. Shunday qilib, 1956-yildan 1984-yilgacha Pokiston oʻzi ishtirok etgan 7 ta Olimpiadaning barchasida sovrinlarni qoʻlga kiritdi (Pokiston 1980-yilda Moskvadagi Olimpiyada oʻyinlarni boykot qildi)[2]. Aynan Pokiston 1960-yilda Rimda ketma-ket 6 Olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritgan Hindistonning gʻalabali seriyasini buzishga muvaffaq boʻldi (finalda Pokiston Hindistonni 1:0 hisobida magʻlub etdi). 1992-yilgi Barselona Olimpiadasida xokkeychilarning bronza medali hozirda pokistonliklar uchun soʻnggi Olimpiya mukofoti boʻlib qolmoqda. Erkin kurashchi Muhammad Bashir (1960-yilda bronza) va bokschi Sayid Husayn Shoh (1988-yilda bronza) Pokistonga yana ikkita Olimpiya sovrinini olib keldi.

Motorsport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston A1 jamoasi A1 Gran-pri xalqaro aylanma poygalar seriyasida Pokistonni sharafini himoya qiluvchi jamoa sanaladi. Super Nova Racing International tomonidan boshqariladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Люди Пакистана и их образ жизни | PAKISTAN | www.pakistan.ru“. 2009-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-fevral.
  2. Sport in Pakistan11-avgust 2022-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]